Qozoğiston taşqi işlar vazirligiga köra, mamlakatda favqulodda holat joriy etilgandan keyingi hodisalar qator xorijiy ommaviy axborot vositalari tomonidan yuzaki va biryoqlama talqin etilmoqda.
«Manğistau viloyatida va mamlakatning barça yirik şaharlarida tinç mitinglar bölib ötdi. Namoyişçilarning talablari töliq qanoatlantirildi. Biroq bu vaziyatdan terroristik, ekstremistik va jinoiy guruhlar tomonidan keskinlik va zöravonlikni kuçaytiriş maqsadida foydalanildi. Şu sabab bilan mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi.
Olmaota va mamlakatning boşqa bir qator viloyatlarida sodir bölgan voqealar körsatdiki, Qozoğiston xorijda tayyorgarlikdan ötgan, yaxşi muvofiqlaştirilgan terrorçi guruhlar tomonidan qurolli tajovuzga uçragan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, hujumlarni amalga oşirganlar orasida islomiy radikal guruhlar tarkibida «qaynoq nuqta»larda jang tajribasini orttirgan şaxslar mavjud. Ayni paytda huquq-tartibot idoralari va Qozoğiston Respublikasi Qurolli kuçlari ba’zi xorijiy OAVlar talqin qilganidek, “tinç namoyişçilar” bilan emas, balki terrorçilar bilan töqnaş kelişmoqda.
Bunday vaziyatda Qozoğiston Kollektiv Xavfsizlik Şartnomasi Taşkilotidan (KXŞT) yordam söraşga majbur böldi va vaziyatni barqarorlaştiriş uçun umumiy soni 2500 nafarga yaqin tinçlikparvar kuçlar yuborildi. Ularning vazifasi strategik obektlarni qöriqlaş va Qozoğiston huquq-tartibot kuçlarini himoya qilişni öz içiga oladi.
Ta’kidlaş joizki, terrorçi guruhlarga qarşi asosiy harbiy amaliyotlar huquq-tartibot idoralari va Qozoğiston Qurolli kuçlari tomonidan amalga oşirilmoqda.
KXŞT tinçlikparvar kuçlari mamlakatda vaqtinça böladi va Qozoğiston tomonining birinçi iltimosi bilan, vaziyat barqarorlaşganidan keyin mamlakatni tark etadi.
Qayd etiş kerakki, ötgan davr mobaynida tinç namoyişçilarga heç qanday tazyiqlar ötkazilmadi.
Huquq-tartibot idoralariga uşbu holatning sabablarini keng kölamda tekşiriş, uning natijalarini xalqaro hamjamiyatga taqdim etiş topşirildi.
Qozoğiston tomonining demokratiya va konstitutsiyaviy tuzumni islomiy radikallar va terrorçilardan himoya qilişga bölgan pozitsiyasi qat’iy!
Afsuski, töqnaşuvlar natijasida huquq-tartibot idoralari xodimlari va harbiy xizmatçilar orasida ham, tinç aholi orasida ham qurbonlar bor.
Şu munosabat bilan 2022 yil 10 yanvar sanasi mamlakatda umumxalq motam kuni deb e’lon qilindi»,


















