Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov andijonlik taksiçi Toşkent viloyatida öldirib ketilgani töğrisida tarqalgan xabar yuzasidan munosabat bildirib, qotillikda gumonlanuvçilar qölga olinganini ma’lum qildi.
8 yanvar kuni Andijon viloyati Şahrixon tumanida yaşovçi fuqaro O.Latipova tuman IIBga murojaat qilib, 7 yanvar kuni uydan çiqib ketib, bedarak yöqolgan 31 yoşli farzandi M.Otaxonovni topişda amaliy yordam söragan.
Ma’lumotlarga köra, M.Otaxonov Cobalt avtomaşinasida Andijon—Toşkent yönalişida qatnab, aholiga pullik transport xizmati körsatib kelgan. U 7 yanvar kuni soat 17:55 lar atrofida Şahrixon tumanidagi avtoturargohdan bir fuqarodan 11 650 dollarni Toşkent şahridagi tanişiga olib borib beriş uçun olgan hamda notaniş bölgan 3 nafar yölovçi bilan birga öz avtomaşinasida Toşkent şahri yönalişida ketib, bedarak yöqolgan.
M.Otaxonov qotillik qurboni bölişi mumkinligi inobatga olinib, Şahrixon tuman prokuraturasi tomonidan 9 yanvar kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan va malakali tergov-tezkor xodimlardan iborat tarkibda tuzilgan tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan.
Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida M.Otaxonovning murdasi 9 yanvar kuni Toşkent şahar Yaşnobod tumanidagi avtoturargohda Cobalt avtotransport vositasining yukxonasidan qotillik alomatlari bilan topilgan.

Jinoyatni foş etişga qaratilgan tezkor tadbirlar natijasida 3 nafar gumonlanuvçi Qöqon şahar hududidan uşlangan va tergovga jalb qilingan. Jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Hayot Şamsutdinovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, uşbu şaxslar Yangi yil arafasida Ohangaronda joylaşgan manzil koloniyadan qoçib ketgan.
Bundan oldinroq Toşkent viloyatidagi jazoni ijro etiş muassasalaridan qoçgan uç nafar mahkum şu yil 4 yanvar kuni Namangan-Toşkent yönalişidagi taksi haydovçisining oyoq-qöllarini boğlab, avtomaşina yukxonasiga solib, maşinani Jizzaxga haydab ketişgani haqida xabar berilgandi.













