Sayyoramiz bizdan yordam kutişdan çarçadi çoği, özini özi davolaşni boşlayapti. Yer yuzini tobora qoplab borayotgan plastik çiqindilar odamzodga qörqinçli kelajakni va’da qilayotgandek. Biroq insoniyat hozirça bu muammoga yetarli e’tibor qaratmayapti. Okeanlarda plastik çiqindilardan iborat katta-katta orollar vujudga kelib, kun sayin kengayib boryapti. Vaziyat tahlikali tus olayotganini köpçilik his qilmayapti. Şuning uçun ham ona tabiat öz himoyasi uçun kuraşni boşlab yuborgan.

Olimlar 5 yil avval Yaponiyadagi plastik çiqindilarni qayta işlaş zavodi hududidagi tuproqdan olingan namunalarda mikroblarning yangi turini kaşf qilişdi – ular plastik bilan oziqlanar ekan. Hozirda bunday mikroorganizmlarning yaşaş makoni tobora kengayib boryapti.

Mikroblar özidan çiqaradigan fermentlar yordamida plastikni çiritişga qodir. Olimlar okeanlar, dengizlar va quruqlikdagi bunday mikroblar DNKsini fermentlar xossasini örganiş uçun tadqiq qildilar. Örganişlar natijasida 10 turdagi plastikni yemira oladigan 30 mingga yaqin ana şunday fermentlar borligi aniqlandi.  

Olingan namunalar bunday fermentlar mavjudligi, ziçligi va miqdori quruqlik yoki suv havzasining qançalik zararlanganligiga boğliq ekanligini körsatdi. Örta yer dengizi va Tinç okeanining janubiy sohillarida bunday fermentlar köpligi aniqlangan, çunki aynan şu hududlarda plastik çiqindilar kölami juda katta.  

«Tadqiqotlarimiz modellari natijasida hududning zararlanganlik darajasiga köra unga qarşi turadigan mikrobning kamroq yoki köproq ekanligiga işonç hosil qildik. Hududda plastik qança köp bölsa, uni yeydigan biomaterial ham köpligini köriş mumkin. Şu tariqa tabiat insoniyat unga nisbatan ötkazayotgan bosimni yengillaştirişga intilyapti», — deydi tadqiqot muallifi Aleksey Jyeleznyak.

Biroq olimlar faqatgina bioorganizmlarga tayanib qolmaslik zarurligini ta’kidlaşmoqda. 2018 yilda amerikalik tadqiqotçilar plastmassani 20 foizga köproq va tezroq çiritib yuboradigan sun’iy fermentni ixtiro qilişgandi. Oradan ikki yil ötib, ular fermentni yanada kuçaytira olişdi – endilikda bu sun’iy organizmlarning foydalilik koeffitsiyenti 6 baravarga köproq, ya’ni ular plastik çiqindilarni avvalgidan tezroq «yeb qöyişadi». Alalxusus, bunday fermentlarni amalda qöllaş uçun köproq örganişlar va tadqiqotlar talab etiladi, deyiladi 4pda.to saytida çop etilgan maqolada.