Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida xolasi va uning öğlini öldirgan şaxsga hukm öqilgan. Bu haqda Oliy sud xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2021 yil 31 maydan 1 iyunga ötar keçasi xolasining uyida yaşab yurgan X.I. ötkir tiğli qurollar bilan hovlidagi sörida uxlab yotgan xolavaççasini avval böğgan. Keyin uning boşiga bolğa bilan urib, piçoq sançgan.

Söng içkarida uxlab yotgan xolasining boşiga bolğa bilan uradi va unga ham piçoq sançadi. Oqibatda ularning ikkalasi ham oğir tan jarohatlari olib, vafot etişgan.

X.I. öz jinoyatini yaşiriş uçun murdalarni molxonaga olib borib, körpa-töşaklar bilan öragan va yoqib yuborgan.

Dastlabki suriştiruvlarda, X.I. xolasi va uning öğlini ular yaşab turgan uyga ega çiqiş uçun öldirgani aniqlangan.

Boyovut tumanida bölib ötgan oçiq sud majlisida sudya X.I.ni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a», «v» va «i» bandlarida közda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan deb topgan. Unga 23 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.