11 yanvar kuni Qozoğiston Respublikasining Özbekistondagi elçixonasida Qozoğistonning Özbekistondagi elçisi Darxon Sotiboldi iştirokida uşbu mamlakatda bölib ötgan norozilik namoyişlari, uning oqibatlari va voqealarning OAVda yoritilişi yuzasidan maxsus press-brifing taşkil qilindi.
Tadbir yakunida Kun.uz muxbiri Darxon Sotiboldidan Qozoğistonda namoyişlarni uyuştirganlar qatorida özbek millatli fuqarolar ham borligi aytilayotgani böyiça izoh söradi.
Elçiga köra, Qozoğistondagi noqonuniy namoyişlarda iştirok etganlar orasida çet el fuqarolari ham borligi aytilgan bölsa-da, hali ularning fuqaroligi böyiça aniq ma’lumotlar yöq.
«Ha, bu böyiça aytildiki, namoyişlarga çiqqanlar orasida çet mamlakatlar fuqarolari ham bor. Lekin ularning aynan Özbekiston yoki Qozoğiston fuqarolari ekani haqidagi ma’lumot bizda yöq. Hozirgi kunda tekşiruv işlari olib borilyapti. Hamma örganiş tadbirlari tugagaç barçasi aniq böladi.
Hali bu borada işlar olib borilyapti, barça tadbirlar tugaganidan keyin hammasi oydinlaşadi. Tekşiruv tadbirlari paytida qozoq fuqarolari ham, özbek fuqarolari ham töxtatib tekşirilişi mumkin. Noqonuniy aksiyaga aloqasi bölmaganlar qöyib yuboriladi», – dedi elçi.

















