O‘zbekiston | 07:24 / 11.01.2022
12286
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent-Chinoz yo‘li ta’mirlanadi, Toshkentdagi Temur Malik ko‘chasi olti qatorga kengaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 yanvar kuni qurilish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va tabiiy gaz ta’minotiga oid loyihalar bilan tanishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent viloyatida savdo va servisni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar bor. Shu bois avtomobil yo‘llarini kengaytirib, yo‘l bo‘yi xizmatlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘plab loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent-Chinoz avtomobil yo‘lini ta’mirlash loyihasi ulardan biri. Ma’lumki, bu yo‘l juda serqatnov bo‘lib, bir kecha-kunduzda 60-65 ming avtotransport harakatlanadi. Shu bois uning 10 kilometr qismini ta’mirlash, 5 dona yerosti o‘tish yo‘lagi va qo‘shimcha mahalliy yo‘llar qurish mo‘ljallangan.

Poytaxtdagi Temur Malik ko‘chasini 6 tasmali etib kengaytirish, uning ikki chetida ko‘p qavatli uy va xizmat ko‘rsatish binolari qurish, Jizzax shahridagi O‘zbekiston ko‘chasida 210 metrli yo‘l o‘tkazgich barpo etish bo‘yicha ham loyihalar rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari bu loyihalarni ma’qullab, ularning hujjatlarini ishlab chiqish, sifatli qilib qurish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Mavzuga oid

E`lonlar