Toşkent kimyo-texnologiya instituti kelgusi öquv yilidan boşlab «super-kontrakt»dan voz keçişni rejalaştirgan. Bu haqda Toşkent kimyo texnologiya instituti rektori Botir Usmonov AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Institutga moliyaviy mustaqillik berildi. Endi tölov-kontrakt miqdorida özgariş böladimi? Bu böyiça qaror — 2022-2023 öquv yili uçun qabul qilinadi. Bu yil ikkinçi semestr uçun narxlar özgarmaydi. 

Biz keyingi yildan boşlab super-kontraktga talaba qabul qilişdan voz keçişga harakat qilamiz. Çunki biz ta’lim sifatiga asoslangan «brend» yaratişni maqsad qilganmiz. Şu bois faqat iqtidorli va işlab çiqaruvçilarga ma’qul keladigan nomzodlarni talabalikka qabul qilamiz», deya ta’kidladi rektor. 

Şuningdek, moliyaviy mustaqillik berilgan institutda keyingi öquv yilidan tölov-kontrakt miqdori oşişi mumkin. Ammo bu faqat yangi qabul qilinadigan 1-kurs talabalariga taalluqli böladi. Institutning 2-4-kurs talabalarida kontrakt miqdori özgarmaydi.