2022 yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi 413 ta qishloq va mahallada amalga oshiriladi
Prezidentning “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini 2022-2026 yillarda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasining ilovalariga asosan, 2022-2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va 2022 yilning manzilli ro‘yxati, moliyalashtirish manbalari hamda parametrlari belgilandi.
2022-2026 yillarda har bir shahar va tumanlardan 2 tadan, jami 2 043 ta qishloq va mahallalarda qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida qishloq va mahalla aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish asosiy maqsad qilib olindi.
Shundan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini 2022 yilda amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning 195 ta tuman va shaharlaridan hamda Toshkent shahrining 12 tumanlaridan jami 413 ta qishloq va mahallalar tanlab olindi.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga kiritilayotgan qishloq va mahallalarni tanlab olishda qishloqlarning tuman markazidan olisligi, yashayotgan aholining turmush darajasi, mavjud ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obektlari, uy-joy fondi, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi pastligi hamda aholiga xizmat ko‘rsatish tuzilmalari faoliyatining doimiy ravishda yo‘lga qo‘yilmagani kabi asosiy muammolarga e’tiborlari qaratilgan.
2022 yil “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 413 ta qishloq va mahallalarda jami 41 mingdan ziyod yakka tartibdagi, 594 ta ko‘p qavatli uy-joylar ta’mirlanadi va atrofi obodonlashtiriladi, 3 882 km ichimlik suvi, 4 832 km yo‘llar, 385 km ichki irrigatsiya tizimlari yangidan quriladi va ta’mirlanadi, 529 km piyoda yo‘laklari, 1319 km aloqa tarmoqlari quriladi, 2 745 km elektr va 370 km gaz tarmoqlarida rekonstruksiya qilish ishlari olib boriladi, 5 289 dona gaz ballonlari aholiga yetkazib beriladi, 545 ta ijtimoiy soha obektlari, jumladan, 138 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 266 ta umumta’lim maktablari, 137 ta sog‘liqni saqlash muassasalar va 4 ta madaniyat markazlari yangidan quriladi, rekonstruksiya qilinadi, mukammal va joriy ta’mirdan chiqariladi, 249 ta mahalla binosi va guzarlari, 882 ta bozor infratuzilmasi obektlari, 110 ta avtobus bekatlari barpo etiladi va mavjudlari ta’mirdan chiqariladi, 738 ta chiqindixona va yangi modullar, 85 ta sug‘orish quduqlari o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi, 266 mingga yaqin daraxt ko‘chatlari ekiladi.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini 2022 yilda amalga oshirish uchun jami 5,3 trln so‘m, shundan respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ichki yo‘llar va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash uchun 3,0 trln so‘m, ijtimoiy soha va boshqa obektlarni qurish-ta’mirlash ishlari uchun mahalliy budjet va uning qo‘shimcha manbalari hisobidan 1,4 trln so‘m, infratuzilma obektlari uchun tarmoq korxonalari mablag‘lari hisobidan 308 mlrd so‘m hamda uy-joy fondini yaxshilash va obodonlashtirish maqsadlari uchun boshqa manbalar hisobidan 594 mlrd so‘m sarflanadi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
-
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi
Sport | 23:38 / 05.06.2025
Mavzuga oid

13:08 / 10.05.2023
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga ovoz berish noyabr–dekabr oylarida o‘tkaziladi

17:06 / 04.05.2023
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtiriladi

09:31 / 12.10.2022
«Obod qishloq» va «Obod mahalla» ijrosi bo‘yicha mingdan ortiq mas’ul javobgarlikka tortildi

17:43 / 10.10.2022