Novak Jokoviç koronavirusga topşirgan testi musbat çiqqanidan keyin karantin qoidalarini buzganligiga iqror böldi. Serbiyalik tennisçi bu haqda Instagram sahifasida yozdi.
Ma’lum bölişiça, Jokoviçning 16 dekabrda koronavirusga topşirgan testi musbat çiqqanidan söng 17–18 dekabr kunlari Belgraddagi basketbol böyiça bellaşuvga borgan va Fransiyaning L’Equipe naşriga intervyu bergan.
«Menda simptomlar yöq edi, özimni yaxşi his qilgandim va test natijasi musbat çiqqanidan xabardor emasdim», deb ta’kidlagan u.
Jokoviç şuningdek, «özini L’Equipe naşriga intervyu berişga majburdek his qilgan, çunki jurnalistlarni ranjitişni istamagan»ligini bildirgan.
Serbiyalik tennisçi Avstraliyaga kiriş uçun turistik deklaratsiyasida yolğon ma’lumot taqdim etganligini ham tan olgan. Jokoviç deklaratsiyada Avstraliyaga kelişidan 14 kun oldin heç qaysi davlatga bormaganligini körsatgan. Biroq u bu davr içida Ispaniyaga borgani ma’lum bölgan.
«Agentim notöğri joyga belgi qöyganidan uzr söramoqda. Bu inson xatosi bölgan va qasddan qilinmagan», deb yozdi dunyoning eng yaxşi tennisçisi.
Jokoviç karantin qoidalarini buzgani uçun uç yilgaça, yolğon ma’lumot taqdim etgani uçun uç yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.
Avvalroq Novak Jokoviç Avstraliyadan deportatsiya qilinişi töğrisida xabar berilgandi.

















