Navoiy viloyatining Zarafşon şahridagi ğişt işlab çiqariş sexida gazdan noqonuniy foydalaniş holati aniqlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Zarafşon şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda hududdagi MÇJlardan biriga qaraşli ğişt işlab çiqariş sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holati aniqlangan. Tsexda tabiiy gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 384 mln söm zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalaniş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Oldinroq Navoiy şahridagi MÇJlardan biri 11 300ta xonadonning bir kunlik iste’moliga yetadigan gazdan öğrinça foydalangani ma’lum bölgandi.

















