Viza va fuqarolik oliş masalalari böyiça xalqaro konsultativ markaz – Henley & Partners dunyo mamlakatlari pasportining an’anaviy yillik reytingini e’lon qildi.
Reyting Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi bergan ma’lumotlar asosida tuzilgan. Unda davlatlarning fuqarolik pasporti öz egasiga neçta mamlakatga avvaldan viza olmasdan (umuman viza olmasdan yoki yetib borganidan keyin viza olgan holda) kirib boriş imkonini berişi inobatga olingan. (Viza böyiça vaqtinçalik çeklovlar hisobga olinmaydi).
2022 yilgi indeksda Özbekiston pasporti Hindiston va Mali pasportlari bilan birga 86-örinni qayd etgan. Uşbu uçta mamlakat fuqarolari 52ta davlatga avvaldan viza olmay kirib boraverişi mumkin.
Özbekiston pasportining Henley Passport Index böyiça oxirgi yillardagi pozitsiyalarida katta özgariş bölmagan:
2016 yil: 52ta davlatga vizasiz boriş imkoni, 85-örin;
2017 yil: 53ta davlatga vizasiz boriş imkoni, 83-örin;
2018 yil: 59ta davlatga vizasiz boriş imkoni, 82-örin;
2019 yil: 56ta davlatga vizasiz boriş imkoni, 85-örin;
2020 yil: 57ta davlatga vizasiz boriş imkoni, 83-örin;
2021 yil: 56ta davlatga vizasiz boriş imkoni, 92-örin;
2022 yil: 57ta davlatga vizasiz boriş imkoni, 86-örin.
Yaponiya va Singapur pasportlari 5 yildan buyon reytingda yetakçilikni bermay kelmoqda. Henley kompaniyasiga köra, bu ikki davlat fuqarolari 192ta davlatga vizasiz boriş huquqiga ega.
2022 yilda ham, odatdagidek, reytingda yuqori örinlarni asosan Yevropa Ittifoqi davlatlarining pasportlari band qilgan:
1-örin. Yaponiya, Singapur – 192ta davlat;
2-örin. Germaniya, Janubiy Koreya – 190ta davlat;
3-örin. Finlandiya, Italiya, Lyuksemburg, Ispaniya – 189ta davlat;
4-örin. Avstriya, Daniya, Fransiya, Niderlandiya, Şvetsiya – 188ta davlat.












