Bu – notenglar taşkiloti. Tahlilçilar bilan YeOIIga kiriş oqibatlari haqida suhbat
|00:27 / 13.01.202236 2789 min
Özbekistonlik siyosiy tahlilçilar Farhod Tolipov va Kamoliddin Rabbimov Kun.uz'ga bergan intervyusida Özbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga yaqinlaşuvi va buning oqibatlari haqida fikrlari bilan örtoqlaşdi. Eslatib ötamiz, Özbekiston 2020 yil 11 dekabrda YeOIIda kuzatuvçi-davlat maqomini olgandi.
Özbekiston içida turli xavotir va bahslarga sabab bölayotgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi aslida qanday taşkilot?
Farhod Tolipov: Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi nomli taşkilot Sobiq sovet makonidagi antiqa bir taşkilot bölib çiqdi.
Men YeOII haqida gapirişdan avval undan amalda bölgan boşqa bir taşkilot – «YevrAzEs» haqida gapirmoqçiman. Çunki öşa taşkilotga ham hozir YeOIIga kirgan deyarli barça davlatlar a’zo edi.
Özbekiston ham jumladan, 2005 yilgi Andijon voqealaridan keyin «YevrAzEs»ga a’zo bölib kirgan. Ammo 2008 yilda özining rasmiy qarori bilan bu taşkilotdan çiqib ketgan.
Men suhbat boşidagi bu ma’lumotlarni eslab qolişni maslahat beraman. Çunki bizda YeOIIga deyarli öxşaş taşkilotga a’zolik böyiça tajriba bor va biz undan çiqib ketganmiz.
Bugungi YeOII esa öşa «YevrAzEs»ning «mahsuloti», «bolasi».
YeOII — bir qaraganda öz nomi bilan iqtisodiy birlaşma va umumiy iqtisodiy manfaatlarni közlagan davlatlar unga a’zo böladi. Bilamiz, bugun bu taşkilotga Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozoğiston va Qirğiziston kabi davlatlar a’zo hisoblanadi.
Farhod Tolipov
2015 yilda tuzilgan bu taşkilot bugun 7 yoşga töldi. Men ötgan vaqtdagi öz şaxsiy kuzatuvlarimdan kelib çiqib ayta olamanki, YeOII – iqtisodiy maqsadlardan köra köproq geosiyosiy maqsadlarni közlagan taşkilot.
Uning tarkibida faqat yagona bir qudratli davlat mavjud, bu – Rossiya Federatsiyasi. Qolgan davlatlar esa bu taşkilotda körinmas, past, zaif va tobe darajadagi a’zo sifatida iştirok etadi.
Demak, barçasini jamlab xulosa qilinsa, YeOII – notenglar taşkiloti. Ya’ni u nodemokratik taşkilot.
Bugun dunyoda tuzilayotgan har qanday taşkilot asosiga qarasangiz, unda demokratik tamoyillar ustun böladi. Unga a’zolar esa özini qisilgan, zaif va tobe his qilmaydi. Kiçik davlatlarda ham kattalarni tiyib turiş tamoyillari işlaydi. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida esa hamma manfaatlar faqat birgina davlat manfaatiga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
Kamoliddin Rabbimov: Farhod akaning fikrlariga töla qöşilaman. Bugun Rossiya hokimiyati tepasida turgan Vladimir Putin öz oldiga ulkan geosiyosiy maqsadlarni qöygan. Bu – Putin 2007 yilda Myunhendagi çiqişida e’lon qilgan ğarb bilan kuraş maqsadi.
Kamoliddin Rabbimov
Bugungi kunda bu borada rasmiy Kremlning ikki yönalişdagi yirik loyihasi bor. Birinçi loyiha – possovet davlatlari bilan yirik iqtisodiy integratsiyani ta’minlaş (YeOII) bölsa, ikkinçisi – harbiy strategik loyiha (Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti).
Bugun Rossiya possovet davlatlarining barçasini mana şu ikki taşkilotga a’zo qilişni va bu orqali ularni geosiyosiy, geoiqtisodiy va geomafkuraviy jihatdan tölaqonli nazorat qilişni istaydi.
Umuman, Rossiya globallaşgan dunyoda öz loyihasini tuzişni istadi. Globallaşgan dunyoda esa barça davlatlarning integratsiyaga uçraşi tabiiy holat.
Lekin har qanday integratsiyaning tub ildizida ma’lum qadriyatlar bölişi ham kerak. Lekin YeOIIga a’zo davlatlarning jamiyatlariga e’tibor bersangiz, bu taşkilotdan norozilik yildan yilga kuçayib boryapti. Masalan, Qozoğistondagi sönggi voqealarda ham aholi Qozoğistonning YeOIIdan çiqişini talab qilib çiqdi.
Bir narsa aniq, 2014 yildan boşlab Rossiyaning özida ham nominal yalpi içki mahsulotlar hajmining kamayişi röy beryapti. Buning qator sabablari bor. Masalan, Rossiya 2014 yilga qadar gaz va neft savdosidan juda katta foyda körardi. Ammo keyinçalik sanksiyalarga uçragan davlat sifatida asosiy eksport mahsulotlari – uglevodorodlarning narxi tuşişi hisobiga juda katta zarar köra boşladi.
Rossiyaning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidagi asosiy maqsadlari iqtisodiy emas, siyosiydir. Şu bois, bu taşkilotga a’zo davlatlar orasida yaşirinça va oşkora siyosiy muhitni seziş qiyin emas.
Rossiya şunday davlatki, u bilan ittifoq doirasida raqobatga boriş yoki kelişuvlarni qaytadan körib çiqiş juda muşkul. Çunki Rossiya bu kabi işlarni öz vertikali yoki pozitsiyalariga xuruj va tahdid deb qabul qiladi.
Esingizda bölsa, ötgan yili Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev YeOIIga nisbatan ayrim tanqidiy fikrlarini bildirgan edi. Ikki hafta ötar-ötmas esa Putinning «Sovet ittifoqiga kiçik hudud bilan kirib, katta hudud bilan çiqib ketgan davlatlar bor», mazmunidagi intervyusi çiqdi. Bu Qozoğistonga işora edi.
Ya’ni YeOII doirasida bölayotgan diskriminatsiyani tanqid qilgan davlatga Rossiya tomonidan siyosiy tahdid bilan javob beriladi. Demakki, YeOIIning maqsadi geosiyosiy va siyosiydir.
Özbekiston YeOIIga a’zolik bilan iqtisodda nimalar yutadi yoki yutqazadi?
Kamoliddin Rabbimov: Menimça, Özbekistonning bu taşkilotga yaqinlaşuvining bir qança ölçamlari bor. Iqtisodiy ölçamlar doirasida Özbekistonga, albatta, ma’lum dividendlar – ijobiy jihatlar ham böladi. Lekin buning ortidan yirik va uzoq muddatli salbiy oqibatlar ham böladi.
Hozir Özbekistonning içkarisida turib milliy boylik yaratiş jarayoni yölga qöyilgan. Agar Özbekiston YeOIIga a’zo bölsa, mana şu jarayon sekinlaşadi yoki jiddiy zarba yeydi.
Bu bir tomondan Özbekistondagi monopoliyalarni zaiflaştiradi. Ularning zaiflaşişidan jamiyat ham manfaatdor. Lekin bu monopoliyalarni zaiflaştirişni uzoq muddatli iqtisodiy zarbalar bilan ölçab bölmaydi. Monopoliyalar — bu Özbekistonning içki avtonomiyasida hal qilinişi mumkin bölgan muammodir.
Şuningdek, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga ehtimoliy a’zoligi orqali Özbekistonning taşqi dunyo va yirik iqtisodiy taşkilotlar bilan aloqasi çeklanadi.
Farhod Tolipov: Men özbekistonlik iqtisodçilarning YeOIIga a’zolik böyiça argumentlarini eşitib hayron qolyapman. Ular aksar hollarda Rossiya bilan eksport, importdagi raqamlarni, savdo aloqalarini keltirişga harakat qiladi. Ya’ni faqat ikki tomonlama aloqalarni körsatişadi. Lekin e’tibor bering, 30 yil davomida Özbekiston va Rossiya örtasida juda köp sohalarda katta paketli hamkorlik şartnomalari imzolangan. Bu borada Rossiya Özbekistonning taşqi savdodagi Xitoydan keyingi eng yirik hamkori ham. Savol tuğiladi, bundan ortiq yana nima kerak?
Lekin Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida faqat Rossiya bor emas-ku. Nega qolganlar haqida gapirişmaydi? Armaniston, Belarus bilan aloqalar-çi?
Demakki, Özbekistonning YeOIIga a’zoligi bilan boğliq argumentlar unçalik işonçli emas. Bunda taşkilotning iqtisodiy emas, siyosiy ekanligi borasidagi şubhalar yana ortadi.
Bu borada YeOIIga a’zo boşqa davlatlar taşkilotga a’zolik bilan yutdimi yutqazdimi, degan savol ham tuğiladi. Men bu borada qozoq, qirğiz ekspertlari bilan juda köp gaplaşaman. Ularning fikri, tahlil va maqolalari YeOIIga a’zo davlatlarning puşaymonligini körsatadi.
Men yaqinda ham qozoq ekspertlarining fikrlarini öqidim. Ular aytyapti: «Qozoğiston YeOIIga a’zolik bilan iqtisod, savdo, eksport, import, bojxonada faqat yutqazdi».
Buni biz emas, şu taşkilotga a’zo davlatlarning ekspertlari aytmoqda. Yaqinda ötgan namoyişlarda ham şu fikrlar yangradiki, Qozoğiston YeOIIdan çiqib ketişi kerak.
Savolga javobim söngida yana bir holatni eslab ötmoqçiman. Yaqinda rossiyalik jurnalistlar Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovdan Özbekistonning YeOIIga a’zoligi haqida söraşdi. Komilov ularga qarab aytdiki, «biz qöşnilarimizning tajribasini yaxşilab örganamiz».
Öylaymanki, Özbekiston hukumati mana şu pozitsiyada turişi kerak. Çunki köryapmizki, Qozoğiston va Qirğizistonda YeOIIdan norozilik köp. Biz buni hisobga olişimiz kerak.
Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Ilyos Safarov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Abduqodir Tölqinov.