Toşkentda yangi yil arafasida «Samarqand darvoza» savdo majmuasi oldida qölbola «ognetuşitel» portlatilgan, buning oqibatida 3 kişi jarohatlangandi. Içki işlar vazirligi holat böyiça 4 kişiga nisbatan qözğatilgan jinoyat işiga oid olib borilayotgan tergov tafsilotlarini oçiqladi.

Mazkur hodisa ortidan tergovga jalb etilgan şaxslarning ma’lumot berişiça, Toşkent viloyati Yangiyöl tumanining ayrim mahallalarida yangi yil bayram arafasida qölbola usulda pirotexnika vositalarini tayyorlab sotiş avj oladi.

Avvalgi yillarda ham xuddi şunday öt öçirgiçlarda sinab körilgan portlatişlar internetda tarqalgan va buni körgan Toşkent şahrida yaşovçi yigit yangiyöllik tanişi bilan boğlanib, xuddi şunday moslama topib berişni söragan.

«Bunaqa darajada banğillaydi deb kutmagandik. Juda vahimali böldi. Ognetuşitel yasaş böyiça video körgandim. Yangiyöllik bolalar yasagani haqida. Öşa videoni yangiyöllik oğaynimga taşaganimda u «Bu narsa bizda yasalgan» deb aytgan. U narsa pulli ekan. Aslida men tekin deb öylagandim, lekin oxirida pulli bölib çiqdi. Şundan keyin pul berişga majbur böldim. Aslida 500 ming söm berişimiz kerak edi, lekin 470 ming berdik», deydi «Samarqand darvoza» savdo markazi qarşisida portlatilgan qölbola moslamani sotib olgan öspirin.

Aniqlanişiça, moslamani tayyorlaş uçun turli kimyoviy moddalar va yengil avtomobilning ehtiyot qismlaridan foydalanilgan. Bu usulni bir neça yildan beri qöllab kelayotgan traktor haydovçisi yoşlarga uni qanday tayyorlaşni örgatgan.

«Pul taklif qildi. 80 ming söm beraman dedi. Qöygin, mana, ol, olib ketaver desam keyin 80 ming taşlab ketibdi», deydi traktor haydovçisi.