Quyichirchiq tumanida qidiruvdagi o‘ta xavfli retsidivist YPX inspektori tomonidan aniqlanib, ushlandi

Foto: IIBB axborot xizmati
Haydovchining harakatlari inspektorda shubha uyg‘otgan va fuqaroga tegishli ma’lumot planshet orqali bazaga kirgizilganda, haydovchi qidiruvdaligi aniqlangan.
Joriy yilning 11 yanvar kuni Quyichirchiq tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori safdor B.Amanbayev hujjatlarni tekshirish maqsadida «Nexia-2» rusumli transport vositasini to‘xtatgan. Tekshiruv vaqtida avtomobilga tegishli hujjatlar yo‘qligi va avtoulov boshqa fuqaroga tegishli ekani aniqlangan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot guruhi xabar bermoqda.
Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish jarayonida haydovchining harakatlari inspektorda shubha uyg‘otgan va fuqaroga tegishli ma’lumot planshet orqali bazaga kirgizilganda, haydovchi B.A. qidiruvdaligi aniqlangan va u shu vaqtning o‘zida ushlangan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasiga ko‘ra, haydovchi 1982 yilda tug‘ilgan B.A. Jinoyat kodeksining 168 moddasi 2-qismi «a» bandi (firibgarlik ko‘p miqdorda) va 3-qismi «B» bandi (firibgarlik o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilganligi) bilan ayblanib, Zangiota tumani IIB tomonidan noyabr oyidan buyon qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
O‘zbekiston | 14:12
-
Toshkent viloyatida OITS tarqatilishi bilan bog‘liq ikkita jinoiy holat aniqlandi
Jamiyat | 13:57
-
Pistorius: Trampning Ukraina bo‘yicha taklifi kapitulyatsiyaga o‘xshaydi
Jahon | 13:52
-
NHH loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 13:47
Mavzuga oid

22:47 / 13.10.2022
Erini o‘ldirib xorijga qochgan, 19 yil qidiruvda bo‘lgan ayolga hukm o‘qildi

21:07 / 03.10.2021
Andijon xalqaro aeroportida qidiruvdagi shaxs qo‘lga olingan

17:31 / 24.04.2021
O‘zbekistonda 2020 yilda qidiruvga berilgan shaxslarning 75 foizi ushlanmagan - senator

18:14 / 26.02.2021