Unga köra:

  • Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Şarof Raşidov nomi berildi.
  • Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlaniş vazirligining mazkur OTMda Transformatsiya ofisini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilgan.

Jumladan, Transformatsiya ofisi quyidagilar uçun mas’ul etib belgilangan:

  • Universitetni transformatsiya qiliş va kompleks rivojlantiriş dasturini amalga oşiriş hamda 2026 yilga qadar xalqaro tan olingan taşkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinçi 1000 talik röyxatga kiritiş;
  • Universitet faoliyatini raqamlaştiriş hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etiş;
  • Universitetni tanitiş böyiça milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, Internet tarmoği va boşqa vositalar orqali tarğibot tadbirlarini ötkaziş.

Bundan taşqari, universitet tarkibida:

– agronomiya, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida kadrlar tayyorlovçi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti;

– muhandislik, avtomatika, mexatronika, robototexnika, raqamli elektronika, elektrotexnika, maşinasozlik, materialşunoslik va yangi materiallar texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlovçi Muhandislik fizikasi instituti;

– pedagogika, axborot texnologiyalari va hududda kadrlarga ehtiyoj yuqori bölgan boşqa sohalarda kadrlar tayyorlovçi universitetning Urgut filiali taşkil etiladi.

Universitet tarkibidagi har uçala OTMda ta’lim faoliyati 2022/2023 öquv yilidan boşlanadi. Ularda öquv jarayoni kredit-modul tizimi asosida olib boriladi.

Şuningdek, universitetning agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti bakalavriat ta’lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan talabalar öqişini Agrobiotexnologiyalar institutida davom ettiradi. Fizika va matematika fakultetlari tarkibidagi amaliy bakalavriat ta’lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan talabalar öqişini Muhandislik institutida davom ettiradi;

Agrobiotexnologiyalar instituti Samarqand tumani, Gulobod qörğonidagi Universitet huzuridagi Gulobod agrotexnologiyalar texnikumining bir qismiga tekin foydalaniş huquqi asosida joylaştiriladi.