Tadbirda rasmiy shaxslar, askarlar, serjantlar, ofitserlar va ularning oila a’zolari, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Marosim avvalida mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni, prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Kun.uz muxbiri ko‘rgazmali chiqishlar va konsert tarzida o‘tgan bayram dasturidan fotoreportaj taqdim etadi.

Mudofaa vaziri, general-leytenant Bahodir Qurbonov
Bosh vazir Abdulla Aripov
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Bahodir Toshmatov
(Chapdan) Yozuvchi Muhammad Ali, Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘ribosari, shoir Nodir Jonuzoq va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari Xolmurod Salimov
O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov