17 yanvar kuni Davlat soliq qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev Soliq kodeksiga kiritilgan özgarişlar yuzasidan matbuot anjumani ötkazdi.
Anjumanda Artel, “Özbekiston temir yöllari” va Uzbekistan Airways kabi yirik kompaniyalarga soliq imtiyozlari berilgani natijasida davlat budjetiga tuşmayotgan mablağlar kimning yelkasiga tuşayotgani, ular nega mol-mulk soliğidan ozod qilingani va ularning balansida qança mol-mulk borligi haqida savol berildi.
“Oxirgi savolga javob bermayman: balansida qança mol-mulk borligi soliq siri böladi. Buni bilmayman ham, bilganimda ham javob bermasdim.
Kimning yelkasiga tuşyapti, deganda savol notöğri qöyilyapti. Heç kimning yelkasiga tuşgani yöq. Davlat fiskal va moliya siyosati doirasida qaysidir sohalarni rivojlantiriş uçun soliq imtiyozlarini beradi. Agar biz öşa soliq imtiyozlarini yaşirib, e’lon qilmaganimizda, Soliq qömitasiga aybdor sifatida qaraşingiz mumkin edi. Biz hammasini oçiqçasiga e’lon qilyapmiz”, – dedi Qudbiyev.
DSQ raisi sözining davomida Anhor.uz saytida e’lon qilingan “2022 yilgi soliqlar haqida” nomli tanqidiy maqoladagi qator vajlarni inkor qildi.
“Mayli, soliqçi bölmagandan keyin... Faqatgina iltimos qilardik, kelgusida agar sörasalaring özimiz axborotlarni töğridan töğri beramiz.
Birinçidan, kimga soliq imtiyozi berilgan bölsa, hammasini e’lon qilib boryapmiz.
Ikkinçidan, Moliya vazirligining barça tuzilmalaridagi xodimlar jismoniy şaxslarning daromad soliğidan ozod qilingani qayd etilgan, unday emas. Soliq kodeksida belgilanganidek, oxirgi ikki yildan beri hatto huquq-tartibot idoralari ham daromad soliği tölayapti, kim qança daromad soliq tölagani haqida aniq raqamlar bor.
Uçinçidan, yakuniy bölmagan hisob-kitoblarga köra, 2021 yilda 1 trln 190 mlrd sömlik tovar aylanmasi qayd etilgan, şundan 17 foizi nol darajadagi, 13 foizi esa imtiyozli tovar aylanmalaridir. Umumiy, soliqqa tortiladigan aylanma 833 trln sömni taşkil qilgan, şundan 125 trln QQS hisoblangan, 105 trln “zaçet”ga hisoblangan. Soliq imtiyozlari ham bir muammo bölişi mumkin, ammo biz uçun eng asosiy muammomiz – adolatli hisobot berilişini ta’minlaşdir”, – dedi u.
Qömita rahbari mol-mulk soliğidan heç kim ozod bölmasligini aytdi.

















