Şerzod Qudbiyevning uşbu xatti-harakatini jurnalist ovozini öçirişning «Qudbiyevça» usuli deb atasa böladi. Söz öyini qilib, «xalq nomidan gapiryapsiz» deb jurnalistning oğziga urişni bundan boşqaça atab ham bölmaydi.
Keling, dialogni sözma-söz körib ötamiz:
Jurnalist: «Siz ham, men ham xalq uçun harakat qilamiz. Hozir siz «odamlar özi uçun harakat qilsin» dedingiz. Odamlarning özi hozir menga telefon qilyapti, telegramdan yozyapti. Aytyaptiki, «nima uçun sizning savolingizga javob bermadi, «Artel» korxonalar tizimining şoxi bormi?», yoki bölmasa, «Kimning yelkasiga tuşişini nega aytmayapti, soliqdan ozod bölganlarning umumiy balansidagi yer, bu mol-mulk sirmi şunçalik» deb yozyapti. Bu mening emas, xalqning fikri. Özlari ham aytyapti, ya’ni sizdan batafsil, töliq javob kutyapti».
Şerzod Qudbiyev: «Xöp böladi. Yulduzxon, hozir mana moliya vaziri örinbosari söz sörayaptilar bu savolga javob berişga. Lekin fikrimça, men sizning savolingizga «Heç kimning yelkasiga tuşmaydi», deb javob berdim. Bu javobdan qoniqiş-qoniqmaslik sizning işingiz, albatta.
Ikkinçidan, Yulduzxon, siz hali yoş qizçasiz, xalq nomidan gapirişga 2 xil toifa haqli. Siz xalq nomidan gapirolmaysiz. Kelgusida ehtiyot böling. Xalq nomidan faqat prezident gapiradi – çunki saylangan. Va deputat gapiradi. Boşqa odam xalq nomidan gapirişga huquqiy ham, boşqa tomondan ham huquqi yöq».
Konstitutsiyaning 10-moddasida Özbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti iş olib borişi mumkinligi belgilangan. Bu yerda xalq nomidan iş olib boriş va xalq nomidan gapiriş boşqa-boşqa tuşunçalar ekaniga e’tibor beriş lozim. Sanab ötilgan Prezident va Oliy Majlis deputati rasmiy lavozimlar bölib, ular öz lavozimiga saylov orqali erişadi. Lekin jurnalist xalq nomidan iş olib borolmasa-da, matbuot anjumanlarida köpçilikdan tuşayotgan savollarni yiğib, hukumat vakillari va boşqa rasmiy şaxslarga berişga haqli. Buni xalq nomidan gapiriş, desa xato bölmaydi.












