4ta viloyatda quyoş fotoelektr stansiyalarini quriş böyiça prezident qarorlari imzolandi. Uşbu qarorlarga asosan, 2023 yil yakuniga qadar umumiy quvvati 1 096,6 MVt bölgan 4ta quyoş fotoelektr stansiyalari işga tuşiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan, 2023 yil oktabr oyiga qadar Jizzax viloyatining Ğallaorol tumani va Samarqand viloyatining Kattaqörğon tumanida har birining quvvati 220 MVt bölgan 2ta, 2023 yilning dekabr oyiga qadar Surxondaryo viloyatining Şerobod tumanida quvvati 456,6 MVt bölgan quyoş fotoelektr stansiyasi quriladi. Har uçala loyihani BAAning “Masdar” kompaniyasi amalga oşiradi.

Şuningdek, 2023 yilning noyabr oyiga qadar Navoiy viloyatining Nurota tumanida Niderlandiyaning “Phanes Energy Holding III B.V.” kompaniyasi tomonidan quvvati 200 MVt bölgan yana bitta quyoş fotoelektr stansiyasi işga tuşirilişi nazarda tutilmoqda.

Avvalroq, 2022 yilda Buxoro, Namangan, Xorazm, Qaşqadaryo, Farğona va boşqa viloyatlarda umumiy quvvati 1 900 MVt bölgan 8 ta quyoş fotoelektr stansiyasi hamda Qoraqalpoğistonda 1 700 MVt lik şamol elektr stansiyasini quriş böyiça loyiha bitimlari imzolanişi malum qilingandi.

Ma’lumot uçun, 2021 yilning avgust oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida respublikadagi birinçi 100 MVt quvvatli quyoş fotoelektr stansiyasi işga tuşirilgandi.