Interpolning yangi prezidenti - general Ahmad Nosir ar-Raisiy Birlaşgan Arab Amirliklaridagi mahbuslarga nisbatan qiynoqlar qöllaş va ularga noinsoniy munosabatda bölişda ayblandi, deb yozadi ABC News.
Xabar qilinişiça, uning ustidan Fransiya milliy antiterrorizm prokuraturasiga (PNAT) şikoyat berilgan. Jabrlanuvçilardan biri Ahmad Mansur “Fors körfazi mamlakatlaridagi inson huquqlari böyiça markaz” (GCHR) nohukumat taşkiloti orqali ar-Raisiyga qarşi da’vo kiritgan.
Ma’lumot berilişiça, Interpol rahbari Fransiyaning Lion şahrida turadi (bu yerda Interpol boş qarorgohi joylaşgan), bu esa Fransiyada sud jarayonini boşlaş uçun yetarli hisoblanadi. Huquq himoyaçilarining fikriga köra, Fransiya hukumati zudlik bilan tergov işlarini boşlaşi kerak.
ABC News naşrining eslatişiça, GCHR ilgari ar-Raisiyga nisbatan şikoyat bergan, ammo şikoyat rad etilgan: öşa paytda ar-Raisiy Fransiya hududida istiqomat qilmagan.












