Hukumat qarori bilan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar tuman (şahar) hokimi qarori asosida “Mehr daftari”ga kiritiladi va undan çiqariladi.
“Mehr daftari” tizimiga kiritişning axborot tizimidan foydalaniş va ma’lumotlarni kiritiş tartibi Milliy gvardiya tomonidan belgilanadi. 2022 yil 1 fevralgaça mazkur axborot tizimi amaliyotga joriy etiladi.
Öquv-tarbiya muassasalari hamda tuman (şahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qiliş şu’balari “Mehr daftari”ni şakllantirişga mas’ul hisoblanadi.
Quyidagilar “Mehr daftari”ga ma’lumotlarning bevosita kiritilişini ta’minlaydi:
- Xalq ta’limi vazirligi tomonidan uning tizimidagi Mehribonlik uylari, Bolalar şaharçalari, Respublika bolalar öquv-tarbiya muassasalari va Oilaviy bolalar uylari;
- Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan uning tizimidagi Bolalar uylari;
- “SOS – Özbekiston bolalar mahallalari” uyuşmasi tomonidan uning tizimidagi bolalarni muqobil parvariş qiliş xizmatlari, yoşlarga hamrohlik qiliş xizmatlari va ijtimoiy yetimlikning oldini oliş xizmatlari tarbiyalanuvçilari va bitiruvçilari töğrisidagi;
- tuman (şahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qiliş şu’balari tomonidan vasiylikka (homiylikka, patronatga) olingan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar töğrisidagi.
Daftarga kiritilgan bolalarning muammo (ehtiyoj, qiziqiş)lari tegişli tartibda örganiladi.
“Mehr daftari”ga kiritilgan bolalarni qöllab-quvvatlaş işlari quyidagilar tomonidan muvofiqlaştiriladi:
- tuman (şahar) hokimligining Bolalarni himoya qiliş şu’basi tomonidan manfaatdor davlat organlari va taşkilotlar bilan birgalikda;
- Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklarining Bolalarni himoya qiliş masalalari kotibiyatlari tomonidan manfaatdor davlat organlari va taşkilotlari bilan birgalikda;
- Vazirlar Mahkamasining Bolalarni himoya qiliş masalalari şu’basi va Milliy gvardiya tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda.












