«Bolalarni ijtimoiy himoya qiliş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra 2025 yil 1 yanvardan boşlab:

  • mehribonlik uylari va bolalar uylariga kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini vaqtinçalik qabul qiliş tartibi bekor qilinadi;
  • yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan yoşlarga ta’lim oliş, bandligini ta’minlaş, davolaniş hamda uy-joy şaroitlarini yaxşilaş uçun ijtimoiy yordam körsatiladi;
  • tutingan ota-onalarni tayyorlaş kurslariga yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni farzandlikka oliş istagini bildirgan nomzodlar ham qamrab olinadi;
  • bosqiçma-bosqiç Andijon viloyati, Toşkent şahri hamda Samarqand viloyatida kiçik hajmli bolalar uyi taşkil etiladi;
  • «Mehr daftari» jamğarmalari tugatiladi.

2025 yil 1 fevraldan boşlab farzandini tarbiyalaşdan voz keçmoqçi bölgan onalar, şu jumladan, homilador ayollar uçun bolalar uylarida «Onalar maskani» xizmati yölga qöyiladi.

«Onalar maskani»da:

  • onalar va ularning bolalari (4 yoşga tölmagan) 1 yilgaça bölgan muddatga ijtimoiy şartnoma asosida vaqtinça boşpana bilan ta’minlanadi;
  • ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar körsatiladi, onalik va kasbiy könikmalar şakllantiriladi;
  • onalarning kasb-hunar egallaşi va bandligini ta’minlaşga kömaklaşadi.

2022 yil yanvarda hukumat qarori bilan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilgan «Mehr daftari» tizimini joriy etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlangan edi. «Mehr daftari»ga yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bolalar kiritiladi. «Mehr daftari» bilan hokimliklar şuğullanadi. Daftarning elektron tizimiga ma’lumot kiritilişini Milliy gvardiya nazorat qiladi, yetim bolalar 25 yoşga tölganda daftardan çiqariladi.