«Huquqiy axborot» kanalida yozilişiça, bunda «Mehr daftari»dan çiqarilayotgan şaxslarning bandligi ta’minlangan va uy-joyi mavjud bölişi şart. 

«Mehr daftari»dan çiqarilayotgan şaxslar bandligi ta’minlanmagan holatlarda, ular bandligini ta’minlaş uçun «Yöl xaritasi» tuziladi hamda «Mehr daftari» hisobida turiş muddati bandligi ta’minlangunga qadar, biroq 5 yildan ortiq bölmagan muddatga uzaytiriladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar boşqa öquv-tarbiya muassasasiga yoki doimiy (vaqtinça) yaşaş uçun respublika boşqa hududiga köçib ötganda, tegişli öquv-tarbiya muassasalari va tuman (şahar) hokimligi Bolalarni himoya qiliş şu’basi tomonidan ular doimiy va vaqtinça yaşaş joyi böyiça röyxatga olingan kunidan boşlab, ön beş kun muddatda «Mehr daftari»ga tegişli özgartirişlar kiritiladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga nisbatan sud ozodlikdan mahrum etişni nazarda tutuvçi hukmi çiqarilganda, ularni «Mehr daftari» tizimi böyiça qöllab-quvvatlaş masalasi töxtatib turiladi.

Bunda sud hukmi qonuniy kuçga kirgandan söng tegişli tuman (şahar) hokimligi Bolalarni himoya qiliş şu’basi tomonidan «Mehr daftari»ga özgartiriş kiritiladi.

«Mehr daftari»ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar ularga iş beruvçilar tomonidan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği yoki ijtimoiy soliq tölovi ketma-ket 12 oy davomida hisoblanganda hamda uşbu ma’lumotlar Davlat soliq qömitasi markazlaştirilgan axborot bazasida aks ettirilgan taqdirda, iş bilan bandligi ta’minlangan deb hisoblanadi.