Joriy yilning 15 sentabr kuni Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi tomonidan taşkil etilgan seminarda Oilaviy bolalar uylari faoliyati hamda “Mehr daftari” jamğarmasi mablağlarining maqsadli sarflanişi yuzasidan deputatlik nazoratini örnatiş masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida 23 ta Mehribonlik muassasasi va bolalar uyining faoliyati tugatildi, şundan 14 tasi Mehribonlik uyi, 4 tasi bolalar şaharçasi va 5 tasi bolalar uyi hisoblanadi.
Bugungi kunda 2 ta Mehribonlik uyida 255 nafar bola, 3 ta “SOS - Özbekiston bolalar mahallalari”da 164 nafar bola, 8 ta bolalar (gödaklar) uyida 340 nafar, 137 ta oilaviy bolalar uyida 739 nafar bola tarbiyalanmoqda.
Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarning muammolarini örganiş hamda hal etiş, ularning orzu-istaklarini röyobga çiqarişga kömaklaşiş maqsadida “Mehr daftari” tizimi amaliyotga joriy etildi.
“Mehr daftari” platformasi işga tuşirilib, bugungi kunda unga 8 921 nafar (4610 nafar öğil va 4311 nafar qiz) bola kiritilgan, 4 452 nafar bolaning muammolari örganilib, 3 171 nafar bolaning masalasi ijobiy hal etildi.
Uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan 406 nafar bolaning 388 nafariga uy-joylar berilgan.
Seminar davomida “Mehr daftari” jamğarmasiga tegişli mablağlarning öz vaqtida tuşirilişini nazorat qilib boriş va bu boradagi muammoli masalalarni mahalliy kengaşlar muhokamasiga olib çiqiş, oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar oliş, ularning talab va istaklarini eşitiş, ularni uy-joy bilan ta’minlaşda şaffoflikni ta’minlaş böyiça tavsiyalar ilgari surildi.

















