18 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi körib çiqildi.
Loyihani Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi işlab çiqqan. Majlisda agentlik direktori Akmal Burhonov sözga çiqdi.
Burhonovning matbuot xizmati bergan ma’lumotga köra, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga 215-7-modda va 245-10-moddalarni qöşiş taklif etilyapti.

215(7)-moddada davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisidagi qonunçilikni buziş, jumladan oçiq ma’lumot sifatida joylaştirilişi kerak bölgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar röyxatiga kiritilgan ma’lumotlarni e’lon qilmaslik yoki töliq e’lon qilmaslik, e’lon qiliş muddati va tartibini buziş yoki ma’lumotlarni notöğri körsatganlik uçun javobgarlik belgilanadi.
245(10)-moddaga asosan, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi mansabdor şaxslariga mazkur huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma tuziş va sudga taqdim etiş vakolati beriladi.
Huquqbuzarlik uçun mansabdor şaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigaça (810 ming sömdan 1,3 mln sömgaça), xuddi şunday huquqbuzarlik bir yil davomida takroran sodir etilsa, mansabdor şaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigaça (1,3 mln. sömdan 2,7 mln. sömgaça) miqdorda jarima qöllaş taklif etilyapti.
Eslatib ötamiz, “Davlat hokimiyati va boşqaruv organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida”gi qonunning 22-moddasida davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uçun belgilangan tartibda javobgar bölişi yozilgan. Lekin amalda bunaqa tartib yöq.
Qonunçilikdagi böşliq mazkur qonun loyihasi bilan töldirilmoqda.
Qonunçilik palatasi deputatlari qonun loyihasini ikkinçi öqişda qabul qildi.












