23 yanvar kunidan Özbekistondagi umumta’lim muassasalarida III çorak öquv maşğulotlari boşlanadi.

Toşkent şahri xalq ta’limi boş boşqarmasi darslar masofaviy ta’limga ötkazilgan maktablarni tumanlar kesimida keltirdi.

«Mutaxassislarning bildirişiça, öquvçilar ta’lim oladigan sinfxonalarda havo harorati +18 darajadan past bölmasligi talab qilinadi. Örganişlar yakuniga köra, ertaga mavjud 335 ta’lim muassasasidan 278 tasida III çorak dars maşğulotlari boşlanadi.

Ammo havo harorati yuqorida belgilanganidan past körsatkiçga ega 57 ta umumta’lim muassasasida uzluksiz ta’lim jarayonlari bosqiçma-bosqiç boşlanişi rejalaştirilgan», deyiladi xabarda.

Darslar onlayn boşlanadigan maktablar röyxati:

  • Bektemir tumanidagi 345-, 346-, 347-, 348-sonli maktablar;
  • Mirobod tumanidagi 83-, 94-sonli maktablar;
  • Mirzo Uluğbek tumanidagi 54-, 209-sonli maktablar;
  • Olmazor tumanidagi 1-, 28-sonli maktablar;
  • Sergeli tumanidagi 33-, 68-, 269-, 352-sonli maktablar;
  • Uçtepa tumanidagi 199-, 251-sonli maktablar;
  • Çilonzor tumanidagi 79-, 101-, 114-, 138-, 162-, 163-, 168-, 173-, 178-, 179-, 181-, 182-, 183-, 184-, 188-, 201-, 202-, 232-, 270-, 280-, 281-sonli umumta’lim maktablari, 4-sonli maxsus maktab-internati;
  • Şayxontohur tumanidagi 19-, 39-, 59-, 82-, 85-, 92-, 132-, 141-, 167-, 169-, 180-, 186-sonli maktablar;
  • Yunusobod tumanidagi 87-, 259-sonli maktablar;
  • Yangihayot tumanidagi 2-, 3-, 334-sonli maktablar;
  • Yaşnobod tumanidagi 145-sonli umumta’lim maktabi, 77-sonli ixtisoslaştirilgan maktab-internatlarida sinfxonalarda havo harorati me’yoridan pastligi tufayli dars maşğulotlari masofaviy ta’limga ötkaziladi.

Namangan viloyatida 23 yanvar kuni 710 ta umumta’lim maktablaridan 692 tasida öquv jarayonlari töliq boşlanadi.

Qolgan 18 ta umumta’lim maktablarida öquv jarayonlari isitiş tizimida ta’mirlaş işlari töliq yakunlangunça masofaviy tarzda öqitiladi.