Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegişli TikTok mualliflarga öz kontentiga obuna bölganlik uçun tölov oliş imkonini beruvçi yangi servisni sinovdan ötkazmoqda. Bu haqda The Information xabar berdi.
Hozirda mazkur ilovada foydalanuvçilar mualliflarga virtual sovğa jönatişi, mualliflar esa sovğalarni haqiqiy pulga almaştirişi imkoniyati mavjud.
Avvalroq Instagram blogerlar guruhi orasida pullik obuna xizmatini sinovdan ötkazayotganini ma’lum qilgandi. Yangi servis mualliflarga bevosita translatsiya va storislarni faqat pul tölagan obunaçilarga körsatiş imkonini beradi. Instagram 2023 yilgaça mualliflardan bu funksiya uçun komissiya olmaydi.
Ötgan yili Twitter şunga öxşaş Super Follows funksiyasini yölga qöygandi.












