Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgan sud raisi ishdan olindi
Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudining raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudining raisi Kamoliddin Xidirov odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgani, sud ishini tashkil etishda beparvoligi va intizomsizligi oqibatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi Muattar Allayarova o‘z arizasiga asosan lavozimidan ozod etilib, vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.
Mavzuga oid
20:58 / 08.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi
13:33 / 08.06.2026
Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda
08:51 / 03.06.2026
Surxondaryoda suv omborida qayiq ag‘darilishi oqibatida bir fuqaro cho‘kib ketdi
11:00 / 15.05.2026