Soğliqni saqlaş vazirining sobiq örinbosari Abdulla Azizov 26 yanvar kuni «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» boşqaruvi raisining raqamlaştiriş böyiça örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda OKMK matbuot xizmati xabar berdi.
Abdulla Azizov 1981 yilda tuğilgan. 2003 yil Yaponiyaning Nagoya universitetida iqtisodiyot yönalişida öqigan. 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini tamomlagan. 2006 yili Daniyaning Orxus universitetida moliya va xalqaro biznes yönalişi böyiça magistr darajasini olgan. 2006 yilda Orxus texnika kollejini IT-dasturçi mutaxassisligi böyiça tamomlab, uşbu yönalişda mehnat faoliyatini boşlagan.
2006–2019 yillarda Daniyada qator nufuzli kompaniyalarda mas’ul lavozimlarda işlagan.
2019 yil sentabr oyidan 2020 yil iyul oyiga qadar Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2020 yil yozida Soğliqni saqlaş vazirligi rahbariyatidagi özgarişlar vaqtida vazir örinbosari lavozimiga tayinlangan, 2022 yil 22 yanvarida lavozimdan ozod etilgandi.

















