69 yil davom etgan SSSR davrida köplab fojialar odamlardan yaşirilgan, aslida nima bölgani önlab yillardan keyin oşkor bölgan.
Fotokollaj: Kun.uzFotokollaj: Kun.uz
Har qanday salbiy axborotni filtrdan ötkaziş, jamoatçilikdan sir tutiş – totalitar tuzumlarga xos xususiyatlardan. Sobiq ittifoq misolida ham bu ayniqsa yaqqol körinadi.
SSSRda röy bergan köplab tabiiy ofatlar, texnogen fojialar matbuotda yoritilmagan, televideniyeda körsatilmagan. Bu esa öşa paytda odamlar orasida turli taxminlar, qörqinçli miş-mişlar tarqalişiga sabab bölgan.
Köp qavatli uyga kelib urilgan samolyot – 33 yil yaşirilgan voqea
Foto: Wikimedia
1976 yilning 26 sentabri. Yakşanba kuni erta tongda 23 yoşli uçuvçi Vladimir Serkov odatda özi yölovçilarni taşigan An-2 samolyotini mahalliy aerodromdan olib qoçadi. U past-balandlikda şahar böylab parvoz qilib çiqqaç, samolyotni töğri beş qavatli turar joyga borib uradi.
Garçi “Kukuruznik” yengil tipdagi samolyot hisoblansa-da, soatiga 150 kilometrdan oşiq tezlikda uyga borib urilganidan söng uyning 3- va 4-qavatlari orasidagi qismida diametri ikki metr atrofidagi teşik hosil böladi.
“Kamikadze” halok böladi. Samolyotda qolgan yonilği alanga olişi oqibatida pod’yezd olov içida qoladi. Röy bergan falokat va yonğindan özini yöqotib qöygan odamlar dahşat oğuşida dastlab farzandlarini derazadan yordamga kelganlarga qarata uloqtirişgan bölsa, söngra özlari ham pastga sakraşgan.
Biroq favqulodda vaziyatdan omon qoliş hammaga ham nasib etmaydi. Tört kişi – 25 yaşar ayol va 4 yoşdan 6 yoşgaça bölgan uç nafar bola yonğinda halok bölişadi. Ulardan ikki nafari – Oleg va Aleksandr Tyapkin bu yerda yaşamas, ular döstinikiga mehmonga kelib tunab qolişgandi. Ayriliqqa doş berolmagan Oleg va Aleksandrning onasi fojiadan bir hafta ötib, yurak xurujidan vafot etadi.
Mutaxassislarning fikriça, agar samolyot töğri xonadonlarga borib urilganda qurbonlar soni bundan ham köp bölişi mumkin edi. Aftidan uçuvçiga uy yaqinida ösgan teraklar xalal bergan va u daraxtlarni çetlab ötib, pod’yezdga borib urilgan.
Mavzuga oid
Foto: Wikimedia
Suriştiruvlardan söng xudkuş-uçuvçining rafiqasi uni taşlab ketgani va 2 yaşar öğli bilan ota-onasining fojia yuz bergan “dom”dagi kvartirasida yaşab kelayotgani aniqlangan. Ular yaşagan xonadon 3-qavatda joylaşgan bölib, uçuvçi aynan şu kvartirani nişonga olgan. Serkovning hisob-kitoblariga köra, bu vaqtda qaynota va qaynonasi qizi va nevarasi bilan birga oşxonada nonuşta qilayotgan bölişi, samolyot töğri ularning ustiga kirib borişi kerak edi.
Ammo öşa kun va soatda ularning heç biri uyda bölmagan. Taxminlarga köra, uçuvçining qaynotasi (yoki barça kattalar) yaqinlaşib kelayotgan qasos onlari haqida bilişgan va omon qoliş çoralarini körişgan. Lekin bu haqda boşqa heç kimni ogohlantirişmagan.
Fojia yuz berganidan köp ötmay “kamikadze”ning qaynotasi mol-mulkini saqlab qoliş uçun yonayotgan uy hovlisida kalta iştonda yugurib yurganini körişgan. Keyinçalik oila qatağonga uçraşdan qörqib, qolaversa, hodisa tafsilotlarini bilişga qiziquvçanlardan yaşirinib, ön martalab yaşaş manzillarni özgartirişadi. Alaloqibat ularning izi yöqoladi.
Xruşçev davrida bunyod etilgan turar joy köp ötmay tiklanib, fojia oqibatlari bartaraf etiladi. Rasmiylar bu hodisani maxfiylaştirişadi. Heç qayerda voqea haqida rasmiy axborot berilmaydi. Aksinça, şahar böylab bu işni terrorçilar uyuştirgani, bu şafqatsiz siyosiy aksiya ekani haqida miş-mişlar tarqaladi. Hodisa guvohlarini esa “aqldan ozgan”ga çiqarib qöyişadi.
33 yil sir tutilgan voqea hammaning esidan çiqayozgan bir paytda – 2000-yillarning boşida KGB arxivlaridagi hodisaga doir hujjatlardan maxfiylik tamğasi olinişi ortidan aslida nima bölgani ma’lum böladi.
“Lujniki” stanidonidagi fojia 7 yil jamoatçilikka oşkor qilinmagan
Foto: Wikimedia
1982 yil 20 oktyabr kuni UYeFA Kubogining nimçorak final bosqiçida Moskvaning “Spartak” va Hollandiyaning “Haarlem” jamoalari töqnaşadi. Moskvada bölib ötgan öyin yakunida sovet sporti tarixidagi eng dahşatli fojia yuz beradi. Ammo bunday voqea yuz bergani maydonda bölgan öyinçilarning hatto tuşlariga ham kirmagandi. “Spartak”çilar-ku nima bölgani haqida ertasi kuni murabbiydan eşitişadi, biroq hollandlar aksariyat jamoatçilik bilan birga 7 yildan keyingina bu haqda xabar topişgan.
Öyin arafasida Moskvada birinçi qor yoğadi. Öyin kuni oktyabr oyiga xos bölmagan qattiq sovuq (-10° C) kuzatiladi. Şu bois öyin uçun 82 000 çiptadan bor-yöği 16 643 tasigina sotiladi. 1982 yilda stadion tribunalarining ustida tom bölmagan. Öyin boşlanişiga qadar faqat ikkita tribuna – şarqiy “C” va ğarbiy “A” sektorlarni qordan tozalab ulgurişadi.
Hujjatlarda har ikkala tribunada 23 000 tomoşabin bölgani, bu sotilgan çiptalar sonidan sezilarli darajada köp ekani keltiriladi. “A” sektorda bor-yöği 4 mingga yaqin tomoşabin bölgani holda 12 mingga yaqin muxlis metroga yaqin masofadagi “C” sektorga joylaşişadi.
Foto: Wikimedia
“Spartak” 16-daqiqadayoq hisobda oldinga çiqib oladi, ammo keyin mezbonlar öyindagi ustunlikni boy berişadi. Final huştagiga ikki daqiqa qolganda, boşqa gol bölmasligiga işonç hosil qilgan, qolaversa, sovuq havoda muzlab qolgan muxlislar stadiondan çiqişga şoşilişadi. Öyin vaqtida ösmir-muxlislar bilan kelişmovçilikka uçragan militsiya xodimlari olomonni nazorat qiliş maqsadida törtta çiqiş eşigining faqat bittasini oçib qöyişadi.
Bir payt bir qiz oxirgi zinapoyaga yetgan vaqtda yiqilib tuşadi, oldindagilar unga yordam beriş uçun töxtaşadi, lekin orqadan kelayotgan vaziyatdan bexabar olomon töxtamaydi. Natijada pastdagi qiz oyoqostida qolib ketadi. Şundan söng zanjirli reaksiya boşlanadi, ortdan kelayotganlar bir-birini surib-itarib kelaveradi, odamlar yerda yotganlarga qoqilib yiqilaveradi, qurbonlar soni ortaveradi.
Guvohlar sönggi soniyalarda Sergey Şvetsov hollandlar darvozasiga ikkinçi golni urgan paytda haqiqiy tiqilinç boşlanganini aytişadi. Röy bergan hodisa haqida heç qanday rasmiy ma’lumot berilmagani oqibatida fojia qanday röy bergani haqidagi yolğon tasavvurlar urçigandi. Emişki, sönggi daqiqada urilgan goldan söng stadiondan çiqib ketayotgan tomoşabinlar içkariga qaytib kirmoqçi böladi, biroq ularning stadiondan çiqayotgan oqim bilan töqnaşişi tiqilinç va tartibsizlikka sabab böladi.
Tiqilinçda “Spartak”ning 66 nafar işqibozi halok bölgan, ularning aksariyati 14–19 yoşdagi ösmirlardan iborat. Sovet gazetalari öyin tafsilotlari haqidagina yozişdi, ammo “Veçernyaya Moskva” (“Moskva oqşomi”)dan taşqari heç bir naşr fojia haqida bir satr ham yozgani yöq. “Moskva oqşomi”ning sönggi sahifasida çiqqan jimitdekkina xabarda ham stadiondagi “baxtsiz hodisa” sodir bölgani, “qurbonlar bor”ligi haqidagina söz boradi xolos.
Foto: Wikimedia
Röy bergan hodisa hatto halok bölgan ösmirlarning ota-onalaridan ham yaşirilgan. Ular farzandlarini kasalxona va ölikxonalardan qidirişgan, biroq negadir qurbonlarning şaxsiga yaqinlarining yordamida oydinlik kiritilmagan.
Mixail Gorbaçyov davridagi “oşkoralik” paytidagina, ya’ni oradan 7 yil ötib “Lujniki”da aslida nima bölgani haqida matbuotda batafsil yozildi. Biroq bu paytga kelib fojia haqida bir qança versiyalar ommalaşişga ulgurgan, odamlar aslida nima bölganiga emas, köproq öşa miş-mişlarga işonişardi. Voqeaning guvohlari va qurbonlarning qarindoşlari haligaça öşa kuni yuzlab odamlar ölgan deb hisoblaşadi. Fojiaga 10 yil bölganida “Lujniki” hududida halok bölganlar xotirasi uçun yodgorlik örnatilgan.
Moskva metrosida eskalatorning qulaşi
Foto: Wikimedia
Moskva metrosi tarixidagi eng dahşatli avariya 1982 yilning 17 fevralida soat 17:00 lar atrofida “Aviamotornaya” stansiyasida sodir böladi. Yölovçilar oqimi köpaya boşlagani uçun bekat xizmatçilari törtinçi zaxira eskalatorni işga tuşirişadi.
Dastavval ustidagi tumonat odamning oğirligi ta’sirida yurmay qolgan eskalator tezlaşib ketadi. Bekat xodimi uni töxtatmoqçi bölganda avariya tormozi işlamaydi. Eskalator şu qadar tezlaşib ketadiki, u zanjirlarini uzib, pastga qulaydi.
Avariya 8 kişining hayotiga zomin bölgan, önlab odamlar turli oğirlikdagi jarohat olgan, jabrlanuvçilar içida umrbod nogiron bölib qolganlar köpçilikni taşkil etadi. Oyoği çiqiş platformasi va zinapoya orasiga qisilib qolgan jabrlanuvçilardan birini ozod qiliş uçun asboblar topilgunça u yana 2 soat kutişga majbur bölgan. Vaqt va uzoq keçikiş tufayli oyoğidan ayrilgan.
Foto: Wikimedia
Guvohlar favqulodda holat röy bergan vaqtda bekat xodimlari metroga kiriş yölini tösib qöyişmagani, natijada bekatga endigina kirib kelganlar ölim xavfi çangal solib turganidan bexabar holatda qotil eskalatorga qadam taşlaşda davom etişganini aytişgan.
Fojia ommaviy axborot vositalarida yoritilmagani sababli hodisa tafsilotlari oğizdan oğizga ötib, afsonaga aylanadi. Aslida nima bölgani 9 oy davomida yaşiriladi. Odamlar aslida mavjud bölmagan “qonli göşt maydalagiç” haqida bir-birlariga hikoya qilişadi, ba’zi naşrlar “yuzlab” qurbonlar borligi xususida yozişadi.
30 yil sir saqlangan Boyqönğirdagi falokat
Foto: Wikimedia
Yangi R-16 qit’alararo ballistik raketasi 1960 yilning 24 oktyabrida – Boyqönğir kosmodromida ilk marta sinovdan ötkazişga tayyorgarlik çoğida portlab ketadi. An’anaga köra Sovet ittifoqi rahbariyati har yili Oktyabr inqilobining yubileyida işlab çiqarişdagi yana bir ulkan yutuq bilan maqtanişi kerak edi.
Yildan yilga kuçayib borayotgan sovuq uruş şaroitida bu an’ananing ahamiyati oşib ketadi. Natijada dunyo jamoatçiligini hayratga soliş maqsadida hali töliq tugallanmagan qit’alararo ballistik raketaning ilk sinovi taşkillaştiriladi. Bunday şaroitda harbiylar özlarini xavfga qöygan holda ming bir qörquv içida sinov maydoniga tugallanmagan raketani olib çiqişadi.
Aytişlariça, Xruşçev va Brejnev işlarning borişini şaxsan tekşirişadi. R-16 loyihasini joyida şaxsan nazorat qilgan Strategik raketa kuçlari boş qömondoni Mitrofan Nedelinga raketani inqilob kuniga qadar uçiriş töğrisida aniq buyruq beriladi.
Yubileyga ulguriş uçun şoşiliş xavfsizlik qoidalarining qöpol buzilişiga olib keladi. Sinov boşlanişidan yarim soat oldin dvigatellardan biri öz-özidan işga tuşadi. Kuçli silkiniş ta’sirida yoqilği baklari qulab tuşadi va raketa yoqilğisiga öt ketadi. Köp ötmay juda kuçli portlaş sodir böladi va bir neça yuz metr masofadagi hamma narsa yonib ketadi.
Foto: Wikimedia
Rasmiy ma’lumotlarda 74 kişi halok bölgani, portlaş natijasida jarohatlangan va kuyganlardan yana 4 kişi vafot etgani keltiriladi. Boşqa ma’lumotlarga köra qurbonlar soni 92 nafardan 126 nafargaça bölgan. Qurbonlar orasida artilleriya boş marşali Mitrofan Nedelin ham bor edi.
Har doimgidek uşbu fojia tafsilotlari ham qat’iy maxfiylaştiriladi. Biroq strategik raketa kuçlari boş qömondonining ölimini jamoatçilikka nimadir qilib izohlaş kerak edi. Boyqönğirdagi fojia haqida aytib bölmaganing uçun göyoki Nedelin aviahalokat qurboni bölgani haqidagi uydirmani öylab topişadi. U hurmat-ehtirom bilan Kreml devori yoniga dafn qilinadi. Fojianing boşqa qurbonlari esa turli şaharlardagi qabristonlarga va Boyqönğirdagi ommaviy qabrga yaşirinça dafn qilinadi. Töğri, ba’zi ma’lumotlar xorij matbuotida tarqaladi, ammo SSSR hukumati fojia haqiqatan röy berganini oradan 30 yil ötib, 1989 yilda tan oladi.
Kosmonavt Bondarenkoning ölimi 25 yil yaşirildi
Foto: Wikimedia
24 yoşli Valentin Bondarenko insoniyat tarixidagi birinçi kosmik parvozga nomzodlardan biri edi. U “Vostok” kosmik kemasida parvozga tayyorlangan jamoadagi eng yoş kosmonavt edi, maşğulotlardagi körsatkiçlari böyiça Yuriy Gagarindan keyin törtinçi örinda turgan.
Ammo tarixiy parvozdan 3 hafta oldin Bondarenko surdobarokamera (kosmonavtlarni tajriba va öqitiş uçun işlatiladigan maxsus germetik va ovoz ötkazmaydigan xona)dagi sinov paytida fojiaviy halok böladi.
Surdobarokamerada kosmonavtlar koinotda qolişga örgatilgan, ularning reaksiyasi, salomatligi va ruhiyati tekşirilgan. U yerda kosmonavtlar ovqatlanişadi, dam olişadi, koinotdagi muhitga moslaştiriladi. Bonderenko past bosimli va yuqori darajadagi kislorod bilan töyintirilgan yopiq kamerada yolğiz özi 15 kunni ötkazişi, kunduzi uxlaşi, keçasi esa uyğoq bölişi kerak edi.
Foto: Wikimedia
Biroq 10-kuni halokat röy beradi. Kamera kislorod bilan tölgaç, Valentinga tibbiy datçiklarini yeçişga ruxsat beriladi. U qizarib ketgan terisini spirtga botirilgan paxta bilan işqalagaç, işlatilgan paxtani çiqindi qutisiga taşlaydi. Lekin paxta tolasi elektr peçkaning spirali ustiga tuşadi va kislorod bilan töyingan atmosferada u tez alanga oladi. Olov bir zumda kamerani qamrab oladi kosmonavtning maxsus kiyimi yona boşlaydi. Bondarenko olovni öçirişga harakat qiladi. Navbatçi şifokor kamera içidagi bosim past bölgani bois germetik eşikni darrov oça olmaydi.
Kamera eşigi oçilgaç, şifokorlar 8 soat davomida yoş kosmonavtning hayoti uçun kuraşadi. Biroq barça sa’y-harakatlar zoye ketadi va 1961 yil 23 martda, Yuriy Gagarinning parvozidan 19 kun oldin Valentin Bondarenko vafot etadi.
Foto: Wikimedia
Kosmik poyga davrida SSSR hukumati kosmos bilan boğliq bölgan hamma narsani sir saqlagan. Bondarenkoning ölimini şunçaki yaşirişmaydi, balki tarixdan butunlay öçiriladi, saralangan otryadning Valentin örin olgan jamoaviy suratlari yöq qilinadi. Biroq uning “ğoyib bölişi” e’tibordan çetda qolmaydi. Gagarindan oldin ham köplab jasur kosmonavtlar kosmosga yuborilgani, ammo parvoz paytida halok bölgani yoki orbitada yöq bölib ketgani haqida qörqinçli miş-mişlar tarqaydi. Bunday hikoyalar Ğarbda juda maşhur bölgan.
Halokat 25 yil davomida sir tutilgan. Sovet hukumati rasmiylari kosmonavtning ölimini 1986 yilga kelibgina tan olişadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi