Vazirlar Mahkamasining “Ayollar daftari”ni yuritiş orqali xotin-qizlar muammolarini örganiş va hal etiş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar, Toşkent şahar, tumanlar va şaharlar hokimlari “Ayollar daftari”ga kiritilgan va uy-joyini ta’mirlaşga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarning uy-joyini tizimli ravişda ta’mirlaş işlarini olib boradi.
Bunda, har bir uy-joyni ta’mirlaş işlariga mahalliy budjet prognozining ortiqça bajarilgan qismi hisobidan bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravaridan 50 baravarigaça miqdorda mablağ ajratilişi nazarda tutiladi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va ularning farzandlarini salomatligini mustahkamlaş maqsadida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va (yoki) ularning farzandlariga davolaş, dori-darmon olib beriş yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uçun mablağ zarur bölgan holatlarda tuman (şahar) tibbiyot birlaşmasi xulosasi va sektor rahbari tavsiyasi bilan tibbiy muolaja xarajatlari “Ayollar daftari” jamğarmasi va Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş davlat maqsadli jamğarmasi mablağlari hisobidan tölab beriş tartibi joriy etiladi.
Belgilab qöyilişiça, “Ayollar daftari” yuritilişi böyiça sektorlar rahbarlari va Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi mas’ul hisoblanadi.
“Ayollar daftari”ning yuritilişi, ularga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etiş, tizimli kömaklaşiş va körilayotgan çoralar natijadorligini baholaş yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvçi yangi tizim joriy etiladi:
a) har oyda sektorlar rahbarlari va mutasaddi taşkilotlar rahbarlari xalq deputatlari mahalliy kengaşlarida hisobot berib boradi va ular faoliyatiga baho beriladi, şuningdek, aniqlangan muammolarni hal etiş böyiça xalq deputatlari mahalliy kengaşlari tomonidan mahallabay “Yöl xaritalari” tasdiqlanadi;
b) har çorakda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi “Ayollar daftari”ning yuritilişi yuzasidan hududlar böyiça hisobot va tahliliy materiallarni Özbekiston boş vazirining ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosariga va Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravişda hal etiş, ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça respublika komissiyasiga kiritadi;
hududlar faoliyatiga baho berilişi, şuningdek, muammolarni “mahallabay” hal etiş böyiça tegişli vazirliklar va idoralar hamda hokimliklarga topşiriq xatlari yuborilişini ta’minlaydi.












