Şahrisabz şahrida yaşovçi fuqaroning uyida yonğin sodir bölgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 27 yanvar kuni Şahrisabz şahri Ziyokor köçasida yaşovçi fuqaroning yaşaş xonadonida yonğin sodir bölgan.
Yonğin haqida Şahrisabz şahar Favqulodda vaziyatlar bölimiga soat 14:05da xabar berilgan. Soat 14:11da yonğin sodir bölayotgan joyga ikkita öt öçiriş bölinmasi yetib borgan. Yonğin soat 14:36da töliq öçirilgan. Natijada yonğin kengayib qöşni xonadonlarga ötib ketişiga yöl qöyilmagan.
Dastlabki suriştiruvda yonğin fuqaroning ehtiyotsizligi oqibatida kelib çiqqani aniqlangan.
Yonğin oqibatida fuqaroning yaşaş uyiga zarar yetgan. Hodisada heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan.












