“Beşta nima uçun” qoidasi – pul sarflaşga oid qarorlaringiz töğriligini tekşirişning oson va samarali yöli. Bu qoidadan Toyota kompaniyasi asosçisi Sakiçi Toyoda doim foydalangan. Korporativ moliya böyiça mutaxassis Xondamir Nusratxöjayev u qanday işlaşini oddiy misol yordamida tuşuntirib berdi.
Masalan, siz möynali palto istaysiz. Özingizga savol berasiz: Men nima uçun möynali palto istayman? Bu – birinçi “nima uçun”. Javob: Çunki men hammani hayratda qoldirmoqçiman.
Yaxşi, ikkinçi “nima uçun”: Nima uçun hammani hayratda qoldirmoqçisiz? Javob: Menga e’tibor qaratişlarini istayman.
Uçinçi “nima uçun”: Nima uçun insonlarning e’tiborini tortmoqçisiz? Javob: Çunki özimga işonçsizlikni his qilaman.
Törtinçi “nima uçun”: Nima uçun özingizga işonçsizlikni his qilasiz? Javob: Çunki özimni amalga oşirolmagan deb hisoblayman, bir joyda qolib ketganman.
Beşinçi “nima uçun”: Nima uçun özingizni amalga oşirolmaysiz? Javob: Çunki özimga yoqmaydigan iş bilan maşğulman.
Endi ayting-çi, möynali paltoning bunga daxldorligi bormi?
Sakiçi Toyoda bir qaraşda körinmaydigan asl sabab, beşinçi “nima uçun” ortida ekanini örgatadi. Beşinçi marta aytilgan “çunki” sözi yaşiringan asl sababni yuzaga çiqaradi. Joiz bölsa, “çunki” sözi – bu sizning aslingizdir.
Bu yöl aslida yaşirganlaringiz, özingiz ham tan olişdan qörqadiganlaringizni tekşiriş, sizning haqiqiy istaklaringizni biliş va keraksizlarini taşlab yuborişga yordam beradigan juda samarali usuldir.
Özingizning “5 nima uçun”dan misol keltira olasizmi?
Xondamir Nusratxöjayevning
@chiroylimoliya Telegram-kanalidan olindi.

















