Sayt muxbirlari aholi murojaatida bayon etgan muammolarni joyiga borib örganib, mutasaddilarni savolga tutdi.
Ma’lum bölişiça, Yangiyer şahridagi eng katta mahallalardan biri hisoblanadigan Temur Malik mahallasi 2017 yilda «Obod mahalla» davlat dasturiga tuşgan. Mahalla köçalari obodonlaştirilgan.

Mahalla fuqarolari yiğini idorasida mahalla haqida dastlabki ma’lumotlarga ega böldik. «Temur Malik» MFY oila va xotin-qizlar masalalari böyiça mutaxassisi Sohiba Ğaffarovaning aytişiça, mahalla töliq gazlaşgan. Faqat yangi imorat solgan B sektordagi ayrim uylarga gaz tortilmagan ekan. Şunda ham, aholining sa’y-harakatlari bilan köça boşigaça gaz quvuri tortilgan.

Murojaat kelib tuşgan, B sektor deb ataluvçi hududda 2016 yildan söng aholiga yakka tartibda uy-joy quriş uçun 6 sotixdan yer uçastkalari ajratilgan. Ilgari bu joylar sanoat zonasi bölgan.
Bu yerda yaşayotgan aholi tabiiy gaz va içimlik suvi borasida muammolarga duç kelayotgani, kanalizatsiya ötkaziş uçun köçalar kavlangani, işlar sust ketayotgani tufayli endi köçalar qişning yoğin-soçinli kunlarida loy bölib ketişi haqida öz e’tirozlarini bildirişdi. Köçalarga heç bölmaganda toş va şağal aralaşmasi töşab berilişi kerak.


Çindan ham aholi öz kuçi bilan özlari yaşayotgan köçalarning boşigaça gaz quvurlarini tortgan. Uygaça quvur tortib gaz tuşiriş uçun ASKUG aqlli gaz hisoblagiçlari örnatiş kerak.
«Yangiyerşahargaz» gaz ta’minoti filiali muhandisi Jahongir Ahmedovning aytişiça, 2019 yildagi hisob böyiça aholiga töliq aqlli hisoblagiçlar örnatib bölingan. Bu foydalanuvçilarning hali hisob-kitob sçyoti (litsevoy sçyoti) oçilmagani sababli, qöşimça ravişda 500 dona ASKUG hisoblagiçlar uçun buyurtma berilgan. Bu hisoblagiçlar gaz ta’minoti filialiga yetib kelgunga qadar aholi biroz sabr qilişi kerakligi ma’lum qilindi. Kimda kim öz hisobidan hisoblagiç xarid qilsa, uni hisobga olib, örnatib berişlari mumkinligi ham aytib ötildi.
























