Qozoğistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev yil boşidan buyon ikkinçi marta köriniş berdi. U mamlakat hukmron partiyasi «Nur Otan» qurultoyida iştirok etdi.
«Qadrli partiyadoşlar, hurmatli vatandoşlar, «Nur Otan» partiyasi mamlakatdagi asosiy siyosiy kuç hisoblanadi. Partiya rivojlanişi uçun fuqarolar bilan işlaşi, xalq va hukumat örtasida köprik bölişda davom etişi kerak.
Oxirgi 1,5 yil davomida partiya jiddiy siyosiy özgarişlarni boşidan ötkazdi. Bu jarayonning oxirgi bosqiçi sifatida partiya rahbarligini prezident Qosim-Jömart Töqayevga topşiraman. Bugun mamlakat prezidenti rahbarligida mamlakatda kompleks iqtisodiy-siyosiy islohotlar ötkazilmoqda. «Nur Otan» bu islohotlar amalga oşirilişiga faol yordam berişi kerak», dedi Nazarboyev.
Şu tariqa, Nursulton Nazarboyev navbatdagi siyosiy lavozimidan ayrildi. Oldinroq uning Xavfsizlik kengaşi va Xalq assambleyasidagi raislik lavozimlarini ham Töqayev egallagandi. Endilikda Nazarboyevning faqat bir lavozimi qolmoqda. U hamon Qozoğiston konstitutsion kengaşi a’zosi hisoblanadi.
«Nur Otan» hukmron partiyasi siyosiy kengaşiga Nazarboyevning katta qizi Dariğa Nazarboyeva hamda sobiq boş vazir Asqar Mamin ham kiritilmagan. Nazarboyev 1999 yil «Nur Otan» partiyasi yetakçisiga aylangandi. 2021 yil noyabrida u partiya yetakçiligini Töqayevga topşirmoqçiligini aytgandi.













