“Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oliş va davolaş sifatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Unga muvofiq, “Soğlom turmuş tarzi” platformasidan foydalanuvçilarni rağbatlantiriş, ularning sonini yanada oşiriş hamda bu borada olib borilayotgan işlar kölamini yanada kengaytiriş maqsadida Davlat budjetidan 100 milliard söm ajratiladi.

Şuningdek, tuman va şahar tibbiyot birlaşmalari laboratoriyalarini ehtiyojga qarab koagulometr uskunasi va zarur reaktivlar bilan ta’minlaş hamda “Töğri ovqatlaniş va soğlom turmuş tarzi” xonalarini taşkil etiş uçun har bir tuman (şahar) budjetidan 350 million sömgaça mablağ ajratiladi.

Qarorda tuman va şahar tibbiyot birlaşmalarida 4 turdagi kardiologiya uskunalari mavjudligi yuzasidan xatlov ötkaziş hamda zarur bölgan jihozlarning xaridi uçun respublika budjetidan Soğliqni saqlaş vazirligiga markazlaşgan tartibda ajratiladigan mablağlar hisobidan 60 milliard sömgaça bölgan miqdorda mablağ ajratilişi közda tutilgan.

Avvalroq, kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming sömdan tölaş töxtatilişi xabar qilingandi. Uning örniga kuniga 10 ming qadam yurganlar orasidan jonli efirda ötkaziladigan lotereyada yutgan bir kişiga 100 mln söm va ming kişiga velosiped beriladi.