Şuningdek, Aksilkorrupsiya agentligi sportning boşqa yönalişlarida ham davlat tomonidan ajratilgan mablağlarning maqsadli sarflanişiga oid örganiş işlarini olib bormoqda.

Eslatib ötamiz, kuni keça Kun.uz öz ixtiyoridagi ma’lumotlarga tayanib, Özbekiston Şaxmat federatsiyasining moliyaviy faoliyatiga aloqador masalalar yuzasidan suriştiruv e’lon qilgan edi. Maqolada federatsiya öz balansidagi Malibu avtomobilini «Markaziy şaxmat klubi» MÇJga bozor qiymatidan 3 barobar arzonroqqa sotgan va bu taşkilotga 1,8 milliard sömdan ortiq pul mablağlarini ötkazib bergani keltirilgan.

Oçiq ma’lumotlarga köra, «Markaziy şaxmat klubi» MÇJ direktori Husan Turdialiyev bir vaqtning özida jamoatçilik asosida Şaxmat federatsiyasi raisining birinçi örinbosari lavozimida işlaydi. Malibu’ni sotib olgan MÇJ ta’sisçilaridan biri Jahongir Kamolov esa Şaxmat federatsiyasining IT-menejyeri hisoblanadi.