Özbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi çiqindi sohasi vakillari bilan yiğiliş ötkazdi. Unda turli viloyatlardan kelgan xususiy sektor vakillari, ya’ni aynan şu sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar – klasterlar egalari öz muammolarini oçiq aytiş, töğridan töğri Ekologiya qömitasi rahbarlari bilan fikr almaşiş imkoniga ega böldi.

Ekoqömita raisi örinbosari Islombek Boqijonov Kun.uz bilan suhbatda tadbirkorlarni qiynayotgan eng muhim masalalardan biriga töxtaldi.

“Çiqindi sohasini xususiylaştiriş davom etyapti. Hozir bu yönalişda har bir viloyatda klasterlar taşkil qilingan. Tadbirkorlar bu xizmatlarni davlat zimmasidan olyapti, davlat–xususiy sektor şerikçiligi vujudga kelyapti. Endi ular çiqindini aholi yaşaş punktlaridan olib çiqib ketadi, taşiydi, saralaydi va poligonlarga olib boradi. Davlat esa ularga subsidiya, imtiyozli kredit va boşqa körinişlarda yordam beradi.

Çiqindini olib çiqib ketiş xizmati uçun aholi tölov tölaydi, bundan xabardorsiz. Ana şu tölovlar böyiça aholining tadbirkorlardan qarzdorligi respublika böyiça 417 milliard sömga yetdi va bu miqdor oşib boryapti. Bu esa sohadagi tadbirkorlarning sifatli xizmat körsatmasligiga olib kelyapti. Ular bu tölovlarni aholidan yiğa olmagandan keyin, tabiiyki, öz klasterini hamda sohani rivojlantira olmaydi; davlatdan, bankdan olgan kreditlarini söndira olmaydi va oqibatda bankrotlik yoqasiga kelib qoladi. “Toza hudud” DUK, klasterlar, “Maxsustrans” korxonalaridagi katta muammo şu.

Biz rivojlangan mamlakatlar tajribasini örgandik. Ayrim davlatlar uşbu tölovni elektr energiyasi töloviga boğlab qöygan, ayrim davlatlarda aholidan yillik majburiy tölov undiriladi. Biz ham çiqindi olib çiqiş uçun tölovlarni elektr energiyasi töloviga, aniqroği, uning billing tizimiga boğlab qöymoqçimiz. Bu hozirça loyiha körinişida. Aholida yangliş fikr uyğonmasligi, ya’ni svetning narxi oşibdi, demasligi uçun faqat billing tizimidan foydalanamiz.

Bu qanday böladi? Siz elektr uçun tölov qilayotganingizda sizga çiqindi uçun tölovni amalga oşirmaganingiz haqida bildirişnoma keladi. Birinçi va ikkinçi holatda çiqindi uçun pul tölamasangiz, çiroğingiz öçmaydi, ammo uçinçi bildirişnomadan keyin sizdan elektr energiya uçun tölov qabul qilinmaydi va tabiiyki, svetingiz yoqilmaydi.

Hozirda bu borada Energetika vazirligi bilan muzokara olib boryapmiz. Sohaga şu tomondan kömak bermasak, aholi tölov madaniyatini şakllantirib, majburiyatlarini bajarişini ta’minlamasak, çiqindi sohasi falajlanib qoladi, oqibatda hududlarimiz çiqindiga töladi”, – deya tuşuntiriş berdi Islombek Boqijonov.