Haydovchilarning mast holatda ekanini aniqlash tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

Foto: Kun.uz
“Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hujjat loyihasi e’lon qilindi.
Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma tuzilgan hollarda transport vositasi haydovchilarining mast holatda ekanini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruv DYHXX xodimlarining ishtirokisiz pulli asosda o‘tkaziladi.
Tibbiy tekshiruv uchun transport vositasi haydovchilari tomonidan to‘lanadigan pul miqdori Sog‘liqni saqlash organlari tomonidan tasdiqlangan preyskurant asosida o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanini aniqlash uchun tibbiy tekshiruv uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti, ID karta, haydovchilik guvohnomasi, harbiy bileti va b.) yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma asosida amalga oshiriladi.
Tibbiy tekshiruv natijalari bo‘yicha ikki nusxada bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning bir nusxasi yo‘l-transport hodisasi ishtirokchisini tibbiy tekshiruvga olib kelgan DYHXX xodimiga, DYHXX xodimlarining ishtirokisiz yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma tuzilgan hollarda esa tekshiruvdan o‘tkazilgan shaxsning o‘ziga topshiriladi. Bayonnomaning ikkinchi nusxasi tibbiyot muassasasida qoladi.
Bayonnomada tekshiruv sanasi va tartib raqami alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tgan shaxslar hisobini yuritish daftarining tartib raqamiga muvofiq holda ko‘rsatiladi.
Tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi xulosa tekshiruvdan o‘tkazilgan shaxsga uni olib kelgan DYHXX xodimi oldida, DYHXX xodimlarining ishtirokisiz yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma tuzilgan hollarda esa, DYHXX xodimi ishtirokisiz tanishtiriladi.
DYHXX xodimlarining ishtirokisiz yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma tuzilgan hollarda tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra, transport vositasi haydovchisida mastlik holati aniqlangan taqdirda, tekshiruvni amalga oshirgan tibbiyot xodimi tomonidan bu haqda zudlik bilan ichki ishlar organlariga xabar beriladi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini tabrikladi
O‘zbekiston | 20:39
-
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
O‘zbekiston | 20:08
-
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
Jahon | 20:03
-
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
O‘zbekiston | 19:54
Mavzuga oid

21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi

08:34 / 17.05.2025
Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi

18:39 / 16.05.2025
O‘zbekiston yo‘llaridagi barcha radar va kameralar yil oxirigacha to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi

18:04 / 16.05.2025