“Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga binoan, quyidagi sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlari uchun 2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvargacha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilandi:

  • chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
  • mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
  • avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish;
  • transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
  • kompyuter xizmatlari;
  • maishiy texnikani ta’mirlash;
  • agro va veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish;
  • ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatish.

Bu imtiyoz tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan, agar ularning yuqoridagi faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, qo‘llaniladi.

Ro‘yxatdagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan xodimlar sonini yashirish holatlari aniqlanganda, mazkur soliq imtiyozining amal qilishi to‘xtatiladi hamda qonunchilikda belgilangan moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda ijtimoiy soliq stavkasi – 12 foiz.

Yuqoridagilardan tashqari, qarorga binoan, har bir tuman va shaharda:

— budjet mablag‘lari hisobiga 2021-2022 yillarda shaharsozlik loyihalari asosida mukammal ta’mirlangan, tashqi yoritish, sug‘orish va drenaj tizimlari modernizatsiya qilingan, piyoda va velosiped yo‘laklari qurilgan hamda aholi gavjum bo‘lgan ko‘chalar savdo, xizmat ko‘rsatish, sayilgoh va ko‘ngilochar ko‘chalarga aylantiriladi;

— raqamli xizmatlar ulushini bosqichma-bosqich oshirish uchun zarur infratuzilma bilan ta’minlash, sifatli aloqa va internet xizmatlari qamrovi, shuningdek, “Elektron hukumat” tizimi xizmatlaridan foydalanish ko‘lami keskin kengaytiriladi;

— Toshkent, Nukus shaharlari, viloyatlar markazlari hamda boshqa shaharlarda ko‘pi bilan har 3-5 ta mahalla uchun aholi gavjum bo‘lgan ko‘cha obodonlashtirilib, piyodalar yo‘lakchalarini kengaytirish va ularni yoritish orqali