Qayd etilişiça, iqtidorli öqituvçilarning iş haqlari malaka toifasiga qarab tabaqalaştirilgan holda oşirib boriladi, öqituvçilarga malaka toifalarini beriş tartibi tubdan qayta körib çiqiladi hamda malakani baholaş metodikasi asosida adolatli va şaffof tizim joriy etiladi.

Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq tölaşda körsatiladigan tibbiy xizmat turi va murakkabligi, şuningdek erişilgan natijaga köra özgarişini nazarda tutuvçi tizim yaratiladi.

Şuningdek, maktabda faoliyat olib borişi uçun har bir fan böyiça mahalliy yoki xalqaro sertifikatsiya talablarini belgilaş, toifaga ega bölmagan maktab öqituvçilarining bilim va könikmalarini diagnostikadan ötkaziş, umumta’lim maktablarini, ayniqsa, çekka hududlardagi ta’lim maskanlarini oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan töldiriş işlarini davom ettiriş ham strategiyada qayd etilgan.