Dam olish kunlari Kiyev shahri atrofida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, zaxiraga olingan ukrainlar va tinch aholi vakillari ishtirokida harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Avvalroq Ukraina ichki ishlar vazirligi favqulodda vaziyatga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tinch aholi uchun ommaviy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.

Rossiya bosqini ro‘y berishi haqidagi xavotirlar fonida tashkillashtirilgan mashg‘ulotlar chog‘ida oddiy fuqarolar G‘arb mamlakatlarida ta’lim olgan instruktorlar tomonidan favqulodda vaziyatlarga tayyorlangan.

Odatda qishda ham issiq bo‘ladigan Amerika janubida harorat pasaymoqda, shimolda ancha vaqtdan buyon qor bo‘ronlari davom etmoqda, o‘rta g‘arbda esa suv toshqinlari kuzatilmoqda.
Bostonda kunlik yog‘in miqdori bo‘yicha asr boshidagi rekord yangilangan, 2003 yilda bir kunda yog‘gan qor balandligi qariyb 60 santimetrga yetgandi.







































