Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqaviy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqadi
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida xalqaro munosabatlar sohasida ham bir qancha vazifalar belgilanmoqda.
Xususan, farmonga ko‘ra, 2022 yil davomida hukumat tomonidan muhim va istiqbolli hamkor davlatlar bilan munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqish hamda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (KShHB) bo‘yicha muzokaralar olib boriladi.
Shuningdek, 2022 yil davomida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha farmon doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
- Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarini har yili muntazam tashkil qilishni ishlab chiqish va ularda faol ishtirok etish;
- mintaqaviy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha dastlabki takliflarni tayyorlash;
- mintaqa davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirish;
- chegaraoldi erkin savdo hududlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li loyihasini jadallashtirish;
- O‘zbekistonning chegaraoldi nazorat-o‘tkazish punktlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish orqali ularning o‘tkazuvchanligini oshirish;
- Orol dengizi qurishi salbiy oqibatlarini bartaraf etish yo‘lida qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni jadallashtirish;
- zaharli chiqindilarni chiqarishni kamaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy yondashuvlarga asoslangan idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari muzeylari hamda arxivlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, mazkur mamlakatlar tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi kataloglarni birgalikda nashr etish;
- uchinchi davlatlar fuqarolari uchun Markaziy Osiyoda mamlakatlararo turistik marshrutlarni hamkorlikda ishlab chiqish;
- Markaziy Osiyo davlatlarida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi muxbirlik punktlarini ochish.
Mavzuga oid
18:47 / 18.06.2026
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
11:30 / 11.06.2026