31 yanvar kuni Telegram jamoasi ilovaning yangilangan 8.5 talqinini taqdim qildi. Uşbu yangilanişlarda oson yaratiladigan videostikerlar, ixçam animatsiyali reaksiyalar, körilmagan reaksiyalarni tekşiriş tugmasi, çatlar orasidagi yaxşilangan navigatsiya va boşqa yangiliklar mavjud.
Telegram oddiy videolardan ögiriladigan stikerlarni ham qöllab-quvvatlaş imkoniyatini qöşmoqda. Natijada, istalgan foydalanuvçi istalgan videomuharrir dasturi yordamida batafsil animatsiyali stikerlarni oson yaratişi mumkin.
Reaksiyalar animatsiyalari ixçamlaşmoqda, kattaroq effekt yuboriş uçun menyudagi reaksiyani bosib turiş kerak böladi.
Şuningdek, interaktiv emojilar kabi reaksiyalar endi sinxronlanadi, natijada qabul qiluvçilar animatsiyalarni real vaqt rejimida köradi.
Reaksiyalar faqat hissiyotlarni ifodalaşdan taşqari savollarga ham javob berişi inobatga olinib, endi ular öqilganlik belgisiga ham ega böladi.
Yangi reaksiyalar va interaktiv emojilar
Bu yangilanişda 5 ta yangi reaksiya qöşildi, şuningdek, bu reaksiyalarni interaktiv emoji sifatida ham yuboriş mumkin.
Oxirgi oçilgan çatlar navigatsiyasi – öqilmagan kanallar böylab yoki çatlar orasida harakatlanganda muayyan çatga qaytiş uçun «Orqaga» tugmasini bosib turiş mumkin. Uzatilgan xabarlar, havolalar, foydalanuvçi nomlari, profillar va boşqalardan çatlar oçilsa, ular röyxatga qöşiladi.
Şuningdek, Telegram dasturçilari çaqiruv sifatini yaxşilaş, tezkor köriş sahifalariga tarjima funksiyasini qöllab-quvvatlaş, ulaşiş menyusidan sukut qilingan xabarlarni yuboriş imkoniyati va önlab boşqa yaxşilanişlar ustida iş olib borişgan.
Hozirça yangilanişlarni barça iOS foydalanuvçilari qöllaşi mumkin. Android uçun esa Google Play versiyasi dökon tomonidan tekşiruv tugagaç yangilaş mumkin böladi.












