Toşkent viloyati, Parkent tumani, «Istiqbol» MFYdagi «Tepa (Kultepa)» arxeologiya yodgorligiga tegişli 2 gektar yer maydoni hududi 2018 yil 28 sentyabrda Parkent tumani hokimligi tomonidan amaldagi qonunçilik talablariga zid ravişda auksion savdolari orqali «U.Q.B» MÇJga xom ğişt işlab çiqariş sexi taşkil etiş uçun berib yuborilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ma’lum qildi.

Mazkur arxeologiya yodgorligi Vazirlar Mahkamasining «Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxatini tasdiqlaş töğrisida»gi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxatiga kiritilgan hamda Toşkent viloyati madaniyat boşqarmasiga operativ boşqaruv huquqi asosida berilgan.

Parkent tumani hokimligi sotib yuborgan davlat mulki «U.Q.B» MÇJ rahbarlari tomonidan 2020 yilda qonunçilik talablariga zid ravişda boşqa tadbirkor «U.M.P» MÇJga sotib yuborilgan. Uşbu tadbirkorlik sub’yekti bu obektda xom ğişt işlab çiqarişni yölga qöygan. Mazkur sex uçun xomaşyo – tuproq mahsuloti esa arxeologiya inşooti hududidan qazib olinib, «U.Q.B» MÇJ tomonidan yetkazib berilgan. Oqibatda, bu tarixiy inşootga katta miqdorda zarar yetkazilgan.

Uşbu harakatlar yuzasidan Toşkent viloyati moddiy meros boşqarmasi 2020 yilda yetkazilgan zararni aybdor şaxslardan undiriş, mansabdorlarga nisbatan çora köriş, hokim qarori va oldi-sotdi şartnomasini bekor qilişni sörab, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilgan hamda tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlariga ogohlantiriş xatlari bergan. Lekin, şunga qaramasdan MÇJ öz faoliyatini davom ettirib kelgan.

Holat yuzasidan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Fanlar akademiyasi mutaxassislari bilan örganiş işlari olib borgan.

«Mutaxassislar xulosasiga köra, mazkur arxeologiya obekti eramizning I-IV asrlariga oid bölib, köçmançi çorvador ajdodlarimizga tegişli qabriston yodgorligi sanalişi aniqlandi.

Örganişlar davomida olingan dastlabki ma’lumotlarga köra, «U.M.P» MÇJ mansabdor şaxslari tomonidan «Tepa (Kultepa)» arxeologiya yodgorligi hududida xom ğişt işlab çiqariş va qazilma işlari olib borilişi natijasida madaniy merosning obektiga 1 trillion 587 milliard 600 million söm (taqriban 147 million dollar) miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi aniqlandi», - deyiladi agentlik bayonotida.

Soliştiriş uçun, Sirdaryo viloyati moliya boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Nuriddin Usmonov Sardoba toşqinidan zarar körgan hududlardagi aholiga tegişli turar joylar va barça zarur şaroitlarni yaratiş uçun bir yarim yil içida davlat budjetidan 1,7 trillion sömdan (160 million dollarga yaqin) ziyod mablağ sarflanganini