Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanişni kengaytiriş va qöllab-quvvatlaş dasturi işlab çiqiladi. 

Unga köra, umumiy quvvati 4 000 MVt bölgan 8 ta şamol elektr stansiyasi quriladi. Jumladan: 

  • 2023-2024 yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1 600 MVt bölgan 4 ta;
  • 2025-2026 yillarda Respublika böylab umumiy quvvati 2 400 MVt bölgan 4 ta şamol elektr stansiyalari işga tuşiriladi.

Şuningdek, umumiy quvvati 4 000 MVt bölgan quyoş fotoelektr stansiyalari işga tuşiriladi. Jumladan:

  • 2023 yilda Navoiy, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami quvvati 1 100 MVt bölgan 4 ta;
  • 2024 yilda Buxoro, Namangan, Xorazm, Qaşqadaryo va Farğona viloyatlarida umumiy quvvati 900 MVt bölgan 5 ta;
  • 2025-2026 yillarda Respublika böylab jami quvvati 1 800 MVt bölgan quyoş fotoelektr stansiyalari işga tuşiriladi.

2030 yilga qadar quvvati 1 MVtgaça bölgan kiçik hajmdagi qayta tiklanuvçi energiya manbalarining hajmi 1 000 MVtga yetkaziladi.

Qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş sohasini boşqariş tizimi rivojlantiriladi, deyiladi vazirlik ma’lumotida.