«Keça tunda AQŞ harbiylari mening buyruğim bilan Suriya şimoli-ğarbida Amerika xalqi va ittifoqçilarimizni himoya qilişga qaratilgan kontrterror operatsiyasini muvaffaqiyatli ravişda amalga oşirişdi. [...] biz jang maydonida IŞID rahbari Abu Ibrohim al-Hoşimiy al-Qurayşiyni yöq qildik», — deyiladi Jo Baydenning bayonotida.

Bundan taşqari, Bayden tvitter akkauntida özi, vitse-prezident Kamala Harris va prezidentning milliy xavfsizlik böyiça jamoasi a’zolari aks ettirilgan fotosuratni joylaştirdi. Suratga izohda ular al-Qurayşiyni yöq qiliş operatsiyasini kuzatişayotgani aytilgan.

Al-Hoşimiy al-Qurayşiy 2019 yil kuzida, Abubakr al-Bağdodiyning ölimidan keyin (uni ham amerikalik harbiylar yöq qilgan) IŞID xalifasi sifatida e’lon qilingandi.

Idlibda, Turkiya bilan çegara yaqinidagi Atme şahriga uyuştirilgan reydda, dastlabki xabarlarga köra, jami 13 kişi öldirilgan.

«Oq kaskalilar» taşkiloti ma’lumotiga köra, Atme yaqinidagi uyga qilingan hujum oqibatida halok bölganlarning olti nafari bolalar, tört nafari ayollar.

Qarorgohi London şahrida joylaşgan Suriya inson huquqlari böyiça monitoring markazi esa tört bola va uç ayol öldirilgani haqida ma’lum qilgan.

«Frans-press» agentligi şaxsi sir saqlanişini istagan amerikalik amaldorga tayanib xabar qilişiça, al-Qurayşiy jang vaqtida özini portlatib yuborgan va natijada uning xotinlari va bolalari ham halok bölgan.

Reyd nişoni Atme şahri atrofidagi ikki qavatli uy bölgan - unda Al-Hoşimiy Al-Qurayşiy yaşagan. US DEPARTMENT OF STATE

The New York Times naşrining yozişiça, amaliyotda yigirma nafar maxsus xizmat askarlari, harbiy vertolyotlar va dronlar qatnaşgan.

Vertolyotlarda kelgan spetsnaz

Voqea joyidan olingan xabarlarga köra, mahalliy vaqt bilan çorşanbadan payşanbaga ötar keçasi Idlibdagi Atme şahri hududiga amerikaliklarning bir neça vertolyotlari qöngan. Tarqalgan audiolarda amerikalik harbiylar ovoz kuçaytirgiçlar orqali arab tilida ayollar va bolalarni xavfli hududni tark etişga çaqirgani eşitiladi, köp ötmay jang boşlanib, ikki soatga yaqin davom etadi.