Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eron chempionati peshqadami safiga o‘tdi
Toshkentning «Lokomotiv» klubi hamda O‘zbekiston milliy jamoasi forvardi Azizbek Amonov legionerga aylandi.
Buxorolik hujumchi faoliyatini Eronning 8 karra chempioni, ayni damda mamlakat chempionatida peshqadamlik qilayotgan «Istiqlol» jamoasida davom ettiradi.
«O‘tgan mavsum jamoamiz tarkibidagi o‘yinlari orqali muxlislar mehrini qozongan futbolchimiz O‘zbekiston milliy jamoasida ham debyutini amalga oshirdi va ikkita gol urishga ham erishdi», - deyiladi «temiryo‘lchilar» klubi xabarida.
Ma’lumot uchun, Azizbek yanvar oyida Dubayda o‘tgan «Al Vahda»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘z goli bilan O‘zbekiston milliy jamoasiga g‘alaba keltirgandi. 24 yoshli forvard so‘nggi mavsum «Loko» safida Superligada 26 o‘yin o‘tkazib, 8ta golga mualliflik qilgan.
Mavzuga oid
03:11 / 28.06.2026
“Strategik jihatdan biz yutib bo‘ldik” – O‘zbekistonning AQShdagi elchisi
07:06 / 27.06.2026
“Ertangi o‘yin osonroq kechadi” – Kongo bilan o‘yin oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi
23:59 / 23.06.2026
JCh-2026. O‘zbekiston ikkinchi turda Portugaliyaga yirik hisobda yutqazdi
15:10 / 23.06.2026