Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev amaliy taşrif bilan Pekinga yetib bordi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, «Şoudu» xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Xitoy rasmiy şaxslari kutib oldi.
Birinçi «Bir makon, bir yöl» xalqaro forumi 2017 yilda ötkazilgan, unda ham davlatimiz rahbari qatnaşgan edi. Bu galgi sammitda 40dan ziyod mamlakat, xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar rahbarlari iştirok etişi kutilmoqda.
Anjuman kun tartibidan mintaqadagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlaş, uzoq muddatli taraqqiyotning yangi manbalarini izlab topiş borasidagi şeriklikni faollaştiriş, «yaşil» iqtisodiyot va innovatsiyalarni ilgari suriş, ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oşiriş masalalari örin olgan.


Forumning asosiy tadbirlari ertaga, 25 aprel kuni boşlanadi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev XXR Raisi Si Jinping, qator davlatlar va xalqaro moliyaviy institutlar, şuningdek, Xitoyning yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazadi.












