Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va uning turmuş örtoği koronavirusning omikron ştammini yuqtirib oldi. Bu haqda Turkiya rahbarining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

«Bugun dastlabki simptomlardan söng rafiqam bilan COVID-19’ga test topşirdik. Test musbat çiqdi. Bu omikron ekanligi aniqlandi, — deb yozdi Erdöğan.

Turkiya prezidentining sözlariga köra, u va turmuş örtoği koronavirusning yangi variantini yengil ötkazmoqda va şifoxonaga yotiş talab qilinmaydi.

«Biz işimizni uydan davom ettiramiz. Duolaringizni kutamiz», — deya qöşimça qilgan Erdöğan.

Ma’lumot uçun, 3 fevral kuni Erdöğan rafiqasi bilan Ukrainaga taşrif buyurgandi. Kiyevda u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uçraşdi, tomonlar örtasida mudofaa sohasida kelişuv va memorandumlar imzolandi, şuningdek, Ukraina şarqidagi mojaro muhokama qilindi.